"Chelsi" yangi ustozi nomi malum. U shanba kuni jamoani maydonga boshlab tushadi
06 jan 01:06
Yangiliklar
"Chelsi" yangi ustozi nomi malum. U shanba kuni jamoani maydonga boshlab tushadi
Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, Enco Mareska istefosidan so'ng "ko'klar" ustozi vazifasini vaqtincha bajarib turgan Kalum Makfarleyn chorshanba kungi "Fulxem"ga qarshi o'yinda ham jamoaga boshchilik qiladi. U avvalroq "Man Siti"ga qarshi bahsda (1:1) ham vaqtinchalik murabbiy sifatida ishlagan edi.
Kutilishicha, Rosenor shanba kuni Angliya Kubogi 3-raundi doirasidagi "Charlton"ga qarshi o'yingacha "Chelsi" bosh murabbiyi etib tayinlanadi.
Liam Rosenor haqida nimalarni bilish kerak?
Yangi murabbiy borasidagi qiziqarli malumotlar va uning murabbiylik yo'li bilan tanishing:
Yoshi va kelib chiqishi: Liam Rosenor 41 yoshda (1984 yilda Londonda tug'ilgan). U mashhur murabbiy va sobiq futbolchi Leroy Rosenorning o'g'li hisoblanadi.
Futbolchilik faoliyati: Professional futbolchi sifatida "Fulxem", "Reding", "Xall Siti" va "Brayton" kabi klublar safida 400 ga yaqin o'yin o'tkazgan. U asosan o'ng qanot himoyachisi sifatida to'p surgan.
Murabbiylik faoliyati:
Murabbiylikni "Brayton" yoshlar jamoasida boshlagan.
Keyinchalik "Derbi Kaunti"da Ueyn Runining yordamchisi va vaqtinchalik bosh murabbiy bo'lib ishlagan.
2022-2024 yillarda "Xall Siti"ni boshqarib, jamoani Chempionshipda 7-o'ringacha olib chiqqan.
2024 yil iyul oyidan boshlab "Strasbur" (Franciya) bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda.
Yutug'i: "Strasbur"ni Lig 1 da 13-o'rindan 7-o'ringa olib chiqdi va jamoa bilan Konferenciyalar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Uslubi: U zamonaviy, progressiv futbol tarafdori va yosh futbolchilar bilan ishlashda katta tajribaga ega. Masalan, joriy mavsumda "Strasbur" safida Franciya chempionati tarixida ilk bor start tarkibda faqat 2000 yildan keyin tug'ilgan 11 nafar futbolchini maydonga tushirib, rekord o'rnatgan.
Liam Rosenor "Chelsi"ning Amerikalik xo'jayinlariga tegishli bo'lgan "BlueCo" tizimidagi ("Strasbur" ham shu tizimga kiradi) muvaffaqiyatli ishi orqali London klubi rahbariyati ishonchini qozondi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar