"CHelsi" va "Inter" Lukaku borasida kelishuvga erishdi
20 iyu 2022 00:29
Yangiliklar
"CHelsi" va "Inter" Lukaku borasida kelishuvga erishdi
"CHelsi" va "Inter" o'rtasidagi hujumchi Romelu Lukakuni ijaraga olish borasidagi muzokaralar yakuniga etgan ko'rinadi.
Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, klublar 29 yoshli belgiyalik futbolchining ijarasi uchun "Inter"ga 10 million evro to'lashga kelishib olgan. Hujumchi 2022/23 yilgi mavsumda Italiya klubida o'ynaydi.
Oldinroq Italiya OAVlarida "qora-ko'klar" futbolchining transferini kelasi haftada elon qilmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Lukaku o'tgan mavsumda "aristokratlar" tarkibida 44 o'yin o'tkazib, 15 gol urgan va 2 golga assistentlik qilgan. Belgiyalik hujumchi "Inter"ga qaytishni istashini bir necha bor takidlagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar