So’nggi yangiliklar

23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  20 22:58ПСЖ ва "Тоттенхэм"нинг Европа Суперкубоги учрашуви учун таркиблари аниқ!  0 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  12 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  1 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  23 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  2 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  3 21:00Суперлига. "Хоразм" "Бухоро" билан сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  13 19:20Про лига. "Олимпик" ўз уйида "Локомотив"га ютқазди, Анзур Исмоилов гол урди  1 18:58"Қўқон-1912" ҳужумчиси роппа-роса 1 йилдан сўнг гол урди  4 17:30"Андижон" - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  4 16:55"Қизилқум" — Акмал Рустамовга сербиялик мураббий натижасини такрорлаш учун 7 та ўйин кифоя қилди  2 16:35Про лига 12-турида ишловчи расмийлар билан танишинг  0

"CHelsi" - Evropa ligasi g'olibi! Yangiliklar

"CHelsi" - Evropa ligasi g'olibi!

Teglar :  CHelsiArsenal
Evropa ligasi finalining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring:

"CHelsi" - "Arsenal" 4:1

Gol: Jiru (49, 1:0), Pedro (60, 2:0), Azar (65-pen, 3:0), Ivobi (69, 3:1), Azar (72, 4:1).

"CHelsi" – Arrisabalaga, Kristensen, Emerson, Aspilikueta, David Luiz, Kovachich (Barkli, 76), Jorjino, Pedro (Villian, 71), Kante, Azar (Zappakosta, 89), Jiru.

"Arsenal" – CHex, Koselni, Monreal (Ivobi, 67), Kolashinac, Papastatopulos, Torreyra, Meytlend-Naylz, Jaka, Ozil (Uillok, 77), Obameyang, Lyakazett.

Ogohlantirish: Pedro (56), Kristensen (68).

Chelsea

Olivier Giroud - 49', Pedro Rodriguez - 60', Eden Hazard - 65', Eden Hazard - 72'

Europa League Final Stage . final-tur

30/05/2019, 01:00

1
:
4
Tugadi

Arsenal

Alex Iwobi - 69'

Stadion: Baki Olimpiya Stadionu, 51370 tomoshabin

Bosh hakam: Gianluca Rocchi

45'
90'
49'  Olivier Giroud
49'  Emerson
56'  Pedro Rodriguez
60'  Pedro Rodriguez
60'  Eden Hazard
65'  Eden Hazard
68'  Andreas Christensen
71'  Pedro Rodriguez (Willian)
72'  Eden Hazard
72'  Olivier Giroud
76'  Mateo Kovacic (Ross Barkley)
89'  Eden Hazard (Davide Zappacosta)
66'  Nacho Monreal (Matteo Guendouzi)
66'  Lucas Torreira (Alex Iwobi)
69'  Alex Iwobi
78'  Mesut Ozil (Joseph Willock)

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! Mavsum davomida katta tanqidlarga uchragan "CHelsi" va Sarri Evropa ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritdi! Ajoyib o'yin, ajoyib kurash uchun ikki jamoaga ham rahmat aytamiz!

90+2. Bugun "Arsenal"ning hujumkor juftligi kuni emas. Lyakazet to'pni oshirishda xatoga yo'l qo'ydi. Salkam gol edi buu.

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. O'zgarish. Azar o'rniga Zappakosta.

86. Lyakazetning jarimadan bergan zarbasi noaniq ketdi.

84. ZARBAAAAAAA!!!! Ivobi birga bir vaziyatdan foydalana olmadi. Uning zarbasi noaniq ketdi.

82. ZARBAAAAAAAAA!!!!! Lyakazetning zarbasini Kepa qaytardi. Fantastik seyv! Qaytgan to'pga Obameyang zarba berdi. Uni himoyachilar qaytardi!

81. Aspilikuetaning zarbasi noaniq ketdi.

79. ZARBAAAAA!! Villianning xavfli zarbasini CHex qaytardi.

77. O'zgarish. O'zil o'rniga Uillok.

76. O'zgarish. Kovachich o'rniga Barkli maydonga tushdi.

75. Azarning zarbasini CHex qaytardi.

72. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!!! AZAAAAAARRR!!! "Arsenal"ning himoyasida parokandalik. Himoyachining xatosidan keyin Kovachich oldinga qochib ketdi va to'pni Azarga oshirdi. Belgiyalik esa to'pni bir urinishda osonlikcha darvozaga joyladi, 4:1.

71. O'zgarish. Pedro o'rniga Villian.

69. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Ivobiiiiiiii!!!! U ajoyib, dahshatli gol urdi!! 3:1

68. Ogohlantirish: Kristensen.

67. O'zgarish. Monreal o'rniga Ivobi maydonga tushdi.

65. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Azar penaltidan unumli foydalandi! 3:0! Masala hal shekilli... 45 daqiqada darvozani ishg'ol qila olmagan "CHelsi" ikkinchi bo'limning dastlabki 20 daqiqasida 3ta gol kiritdi.

64. PENALTIIIII!!!! Nayls fol ishlatdi. "CHelsi" o'yin masalasini hal qilishi mumkin.

63. SHiddat, vajohat, ishtiyoq... "CHelsi" hujumga o'tayotganida Pedroni bir necha marta qoidaga zid ravishda to'xtatmoqchi bo'lishdi. Biroq hakam indamadi.

60. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! PEDROOOOOOOO!!! Uning yaqin masofadan bergan zarbasini CHex qaytara olmadi!

59. ZARBALARRRRR!!! "Arsenal" hujumda. Qanotdan uzatilgan to'pga Torreyra zarba berdi, to'p Kantega tekkan holda havoga ko'tarilib ketdi. Pastga tushayotgan to'pga Obameyang chalqancha uslubda zarba bermoqchi bo'lgandi. Ammo bu pallada raqib himoyachisi to'pga boshi bilan zarba berayotgan bo'lgani uchun hujumda fol qayd etildi.

57. "Arsenal" yana hujumga o'tdi. O'zilning oddiy pasini Lyakazet to'xtata olmadi.

56. Ogohlantirish: Pedro.

55. Meytlend-Nayls autni Lyakazetning yo'liga tashlab berdi. Franciyalik futbolchi esa texnik xatolik tufayli to'pni yo'qotdi. "Arsenal" kurashishni boshladi. Jiru "kanonirlar"ni uyg'otdi.

53. Uchrashuv statistikasiga qaraydigan bo'lsak, bahsning 53 foiz vaqtidagi o'yin "CHelsi" yarim maydonida kechgan ekan. Yani, kichik ustunlik "Arsenal"da bo'lgan. Ammo o'yinni "CHelsi" nazorat qilmoqda. Haqiqiy italyancha o'yin!

49. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Jiruuuuuu!!! Qanotdan uzatilgan to'pga franciyalik futbolchi boshi bilan zarba berib, sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol qildi! 1:0!

- Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45. Birinchi taym yakunlandi. Taym yakuni juda ham zerikarli o'tdi. Ikkinchi bo'lim shiddatli o'tishiga umid qilamiz!

39. Golga tortadigan ilk xavfli vaziyat!!! Jiru deyarli birga bir holatda CHexga zarba berdi. CHexdann fantastik seyv!

37. Kolashinac to'pni ayyorona ravishda Kepaning ustidan tashlab qo'ymoqchi bo'lgandi. Darvozabon to'pni mushtlari bilan urib yubordi.

34. ZARBAAAAAAAA!!!! Emersonning xavfli va kuchli zarbasini CHex qaytardi!!!

32. Uxxxxx!!! Kolashinacning zarbasi Aspilikuetaga tekkan holda darvoza tomon yo'nalish oldi. Kepa qotib turgan holda to'pni kuzatdi. To'p esa darvoza yonidan o'tib ketdi.

29. ZARBAAAA!! Emersonning zarbasini Sokratis qaytardi. Burchak zarbasi!

28. ZARBAAAAAAA!!!! Darvozaga ilk xavfli zarba shu daqiqaga kelib berildi. Jakaning 25 metrlardan zarbasi biroz noaniq ketdi.

25. "CHelsi" hujumga o'tdi. Jiruning zarbasini himoyachi qaytardi.

23. Aspilikueta raqib bosimi tufayli Kepa bilan to'qnashib ketdi.

20. Bugun Meytlend-Nayls faol o'ynamoqda. U yana o'z usulida to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga tashlab bergandi. Ammo David Luis to'pni burchakka chiqarib yubordi.

18. Lyakazett Kepa bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Darvozabon bu erda raqibni yiqitdi. Hakam buni simulyaciya deb hisobladi. Bahsli vaziyat! Bosh hakam VARni ishlatmadi.

16. Xavfli vaziyat! Kolashinac chap qanotdan "CHelsi" jarima maydonchasi ichiga yorib kirayotgandi. Ammo himoyachi xavfni bartaraf etdi.

15. "CHelsi" jarima zarbasiga ega bo'lgandi. Azar to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga tashlab berganida David Luis raqibini yiqitdi. "Podacha" ham o'xshamagandi.

13. O'yin sokinlashdi. Tomonlar tempni anchagina pasaytirishdi.

9. Xavfli vaziyat!!! Meytlend-Nayls qanotdan to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga tashlab bergandi. Avvaliga Kepa to'pni mushtlari bilan urib yuborgandi. Ammo qaytgan to'pni Obameyang bo'sh qolgan darvozaga kirita olmadi.

3. Hozircha o'yin markazda kechmoqda. Tomonlar bir-birini o'rganish jarayonida.

- Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика