So’nggi yangiliklar

23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  20 22:58ПСЖ ва "Тоттенхэм"нинг Европа Суперкубоги учрашуви учун таркиблари аниқ!  1 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  12 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  1 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  23 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  2 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  3 21:00Суперлига. "Хоразм" "Бухоро" билан сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  14 19:20Про лига. "Олимпик" ўз уйида "Локомотив"га ютқазди, Анзур Исмоилов гол урди  1 18:58"Қўқон-1912" ҳужумчиси роппа-роса 1 йилдан сўнг гол урди  4 17:30"Андижон" - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  4 16:55"Қизилқум" — Акмал Рустамовга сербиялик мураббий натижасини такрорлаш учун 7 та ўйин кифоя қилди  2 16:35Про лига 12-турида ишловчи расмийлар билан танишинг  0

"Championat.asia" Turkiyada, ertaga O'zbekiston MTJ ham etib keladi Yangiliklar

"Championat.asia" Turkiyada, ertaga O'zbekiston MTJ ham etib keladi

O'zbekiston milliy terma jamoasi 2 iyun sanasida Turkiya terma jamoasiga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O'yin Turkiyaning Alanya shahridagi "Alanya stedium"da bo'lib o'tadi.

"Championat.asia" sayti xodimlari Tolibjon Qosimov hamda Jahongir Fayzullaevlar bosh jamoamiz ishtirokidagi bellashuvni voqea joyidan yoritib borish maqsadida kecha Alanyaga etib keldik. Toshkentdan ertalabki soat sakkizga yaqin yo'lga chiqdik, to'g'ridan-to'g'ri reys yo'qligi sabab Istanbul aeroportiga, keyin esa ikki soat kutishdan so'ng Antalyaga uchdik. Antalya aeroportida esa bizni oldindan kelishib qo'yilgan sayyohlik firmasi xodimi kutib turardi. U bizni mehmonxonaga eltib qo'yadigan maxsus ulovga chiqarib yubordi. Yo'l-yo'lakay bizni olib ketayotgan haydovchi bilan suhbatlashib ketishga harakat qildik (garchi turk tilini yaxshi bilmasak-da bir-birimizni tushuna oldik, har holda). U Turkiya terma jamoasi O'zbekiston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida bilishini, ammo bahs qaysi kuni o'tishidan bexabar ekanligini aytdi. Bizdan o'yin kunini bilganidan keyin ishi yuzasidan xizmat chiqib qolmasa albatta borishini takidladi.


Mehmonxonaga borganimizdan keyin qabulxonadagi turk yigitlardan ham o'yin haqida so'radim. Ochig'i, kim bilan suhbatlashgan bo'lsak ularning hammasidan o'rtoqlik o'yini bo'lishidan xabari bor yoki yo'qligini so'radim. CHunki, shaharchadagi odamlarning futbolga qiziqishi qay darajada ekanligini bilish o'zim uchun juda qiziq. Qabulxonadagi yigitlar uchrashuv haqida bilishar ekan, bizni jurnalist va fotomuxbir ekanligimizni bilishgach futbol borasida gapni boshlab yuborishdi. Turk tilini yaxshi bilmaymiz deb shuncha gaplashdingizmi deb hayron bo'layotgandirsiz. Qabulxonadagi yigitlarning har ikkisi ham rus tilini bilarkan. Sababi, bu erga rus sayyohlar juda ko'p tashrif buyurishadi. Bunga mehmonxonadagi kechqurungi shouda ham amin bo'ldik. Xullas, yigitlar bilan futbol mavzusidagi suhbatimiz turk muxlislari haqidagi iliq so'zlar bilan yakun topdi. Afsuski, bu erda Evropa ligasi finalini televizor orqali ko'rishning iloji bo'lmadi. Xonada ham, lobbida ham birorta futbol kanali ko'rsatmas ekan. Noiloj, bellashuvni biroz qotgan holda bo'lsa ham internet orqali tomosha qilishga majbur bo'ldik.

Biz joylashgan mehmonxonadan "Alanya stedium"gacha 30 kmdan biroz ko'proq masofa bor. Bizda tom manodagi ish ertadan boshlanadi. Ertaga terma jamoamiz Antalyaga uchib keladi va u erdan Alanya shahriga. Biz esa Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamizni aeroportdan yoki mehmonxonada kutib olishga harakat qilamiz. Demak, ertadan boshlab terma jamoamizning Turkiyadagi mashg'ulotlari va o'rtoqlik o'yinini saytimiz o'quvchilari uchun imkon qadar yoritib borishga harakat qilamiz.


Tolibjon Qosimov, Jahongir Fayzullaev

Alanya, Turkiya

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика