Chalxanoglu: "Maqsadim - Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish"
25 mar 18:47
Yangiliklar
Chalxanoglu: "Maqsadim - Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish"
"Inter" va Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu o'z maqsadlari haqida gapirdi.
"Biz hammasini yutishga umid qilamiz. Shubhasiz, biz "Inter"ni eng yaxshi jihatdan ko'rsatishga harakat qilyapmiz, zimmamizda ulkan masuliyat bor. Italiyada men hamma narsani yutib bo'ldim. Maqsadim - Chempionlar Ligasida g'olib bo'lish. Ikki yil oldin finalda yutqazganimizni hisobga olsak, mening orzuim u erga qaytib, bosh sovrinni yutish, shuningdek, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishdir. Keyin esa yana skudettoni qo'lga kiritish - bu yana bir muhim maqsad," - dedi futbolchi.
31 yoshli turkiyalik joriy mavsum barcha musobaqalarda 32ta o'yin o'tkazib, 9ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.
"Inter" Chempionlar ligasi 1/4 finalida "Bavariya" bilan to'qnash keladi. Dastlabki o'yin 8 aprel kuni Myunxenda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar