So’nggi yangiliklar

20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  1 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  0 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  0 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  8 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  5 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   9 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  6 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  13 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  20 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  13 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0

"ChaCha Mustaqillik kubogi-2018". 66ta jamoa qatnashgan musobaqa tugadi Yangiliklar

"ChaCha Mustaqillik kubogi-2018". 66ta jamoa qatnashgan musobaqa tugadi

Ikki hafta mobaynida o'tkazilgan "ChaCha Mustaqillik kubogi-2018" bolalar futbol musobaqasi o'z nihoyasiga etdi.

SHuni aytish joiz, ushbu musobaqada jami 66ta jamoa ishtirok etdi. Beshta yosh toifasida bo'lib o'tgan turnirda 2006 yilda tug'ilganlar 16ta, 2007lar 12ta, 2008lar 16ta, 2009lar 12ta va 2010 yilda tavallud topganlar 10ta jamoa bilan ishtirok etishdi. 

Jamoalar soni ko'p bo'lgani uchun musobaqa ikki qismga bo'lingan holda o'tkazildi. Dastlab 14-19 avgust kunlari 2006, 2007 va 2009 yilda tug'ilganlar o'z o'yinlarini o'tkazgan bo'lsa, 21-26 avgustda 2008 va 2010 yilda tavallud topganlar maydonga chiqishdi. 

Bundan tashqari, 2006, 2007 va 2008lar musobaqa tartibida, 2009 va 2010lar esa festival shaklida o'ynashdi. 2006 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi bahslarda "Paxtakor" chempionlikni qo'lga kiritdi. 2007 va 2008 yilgi futbolchilar orasida esa "Odil Junior" tarbiyalanuvchilariga teng keladigani topilmadi. 

Musobaqani oxirgi bo'lib 2008 yilda tug'ilganlar yakunlashdi. Hal qiluvchi final o'yinida "Odil Junior" "Paxtakor"ga qarshi bahs olib bordi. O'yinda hisob ochilmadi va g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Bunda "Odil Junior" futbolchilari 5:4 hisobida g'alaba qozonishdi. 

Turnir yakunida har bir chiziq bo'yicha musobaqaning eng yaxshilari aniqlandi va homiylar tomonidan bolajonlarga esdalik sovg'alar topshirildi. Eslatib o'tamiz, "ChaCha Mustaqillik kubogi-2018" musobaqasi O'FA, "Odil Junior" bolalar futbol maktabi, TFA, “Shampionat.asia” sayti hamkorligida o'tkazildi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика