So’nggi yangiliklar

13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  0 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  0 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  12 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  8 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2

“Cementchi”da bir qator tajribali futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda FOTO Yangiliklar

“Cementchi”da bir qator tajribali futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda FOTO

Teglar :  Cementchi
Navbatdagi yig'inni Farg'onada davom ettirayotgan “Cementchi” reja asosida kuniga ikki mahaldan “Istiqlol” stadioni yonida mashg'ulotlarni olib bormoqda.

Yig'in davomida o'tgan mavsumda jamoada harakatlangan va hozirda shartnoma muddati yakuniga etgan bir qator futbolchilar bilan do'stona xayrlashilib, tarkibga esa bir qator yangi futbolchilar taklif etildi.

Bugunga qadar jamoa tarkibiga “Qizilqum” jamoasidan SHukurali Po'latov va Otabek Isroilov, so'nggi jamoasi “Buxoro”da o'zining ajoyib xatti-harakatlari bilan yaxshi taassurot qoldirgan  darvozabon Sardor Qobuljonov,  “Navbahor”dan farg'onaliklarga yaxshi tanish bo'lgan Abbosbek Maxstaliev  va Saidjon Abdujabborov, “Bunyodkor” yoshlar jamoasi azosi Ibrohim G'ofurov, o'tgan mavsumda “Andijon” tarkibida ishonchli o'yinlar o'tkazgan himoyachi Qahramon Muhammadjonov va o'tgan mavsumni Malayziyaning ATM jamoasida o'tkazgan yana bir farg'onalik himoyachi Iqbol Boboxonovlar kelib qo'shilgan.

Kechagi mashg'ulotlarga Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasidan Sardor Qahhorov ham kelib qo'shildi.

Ushbu futbolchilarning bazilari bilan jamoa kelishuvga erishdi, yig'in davomida murabbiylarda ijobiiy taassurot qoldirgan boshqa futbolchilar ham jamoa tarkibiga kiritilishi mumkin.

Hozirda murabbiylar jamoaga yana bir nechta futbolchilarni taklif etishgan, tez kunda ushbu futbolchilar haqida ham malumotlarni berib boramiz.








Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика