So’nggi yangiliklar

00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  0 00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 2:2 (матнли трансляция)   222 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  18

“Cementchi” tayyorgarlikni yanvardan boshlamoqchi Yangiliklar

“Cementchi” tayyorgarlikni yanvardan boshlamoqchi

Teglar :  Cementchi
Joriy mavsum birinchi ligada 4-o'rinni egallagan “Cementchi” futbolchilari ayni damda tatilda. Rahbariyat barcha futbolchilar bilan to'liq hisob-kitob ishlarini qilib bo'ldi.

Jamoaning bu yilgi ishtirokidan rahbariyat va murabbiylar shtabining ko'ngli to'lgan. Endi dekabr oyining ikkinchi yarmida klub uchun mavsum yakuniga bag'ishlab va yangi yil bayrami munosabati bilan ziyofat dasturxoni yoziladi.

Aytishlaricha quvasoyliklar kelasi mavsumga yanvar oyidan tayyorgarlikni boshlaydi. Hozircha jamoa kuchlilar safiga chiqishga shoshilayotgani yo'q. Eng avvalo murabbiylar shtabi mustahkam poydevor qo'yishni rejalashtirgan. So'ngra yakdil jamoa tuzib, elita yo'llanmasi uchun kurashish niyatida.

Tarkibdagi o'zgarishlar hozircha yuz bergani yo'q. Faqatgina viloyatning bosh jamoasi “Neftchi”dan ijara asosida olingan Alisher Fayzullaev, Nodirxon Kamolov va Jahongir Dadaboev singari o'yinchilar yana o'z klubiga qaytadi. Qolgan futbolchilar xususida hozircha tayinli gap aytish qiyin. Hammasiga yig'in boshlangach oydinlik kiritib boriladi. Darvoqe, “Cementchi” har yili o'tkazib kelinadigan ananaviy turnir – Hokim Kubogida ishtirok etishni o'z rejasiga kiritgan. SHuningdek Toshkentda o'tkaziladigan PFL Kubogida ham qatnashishi kutilmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика