"CAFA Womenʼs Futsal Championship 2023". Qirg'iz Respublikasi ustozi: "Eronda futzal ligalari talaygina, hozircha ularga qarshi kurash olib borish qiyin"
27 jan 2023 15:58
Yangiliklar
"CAFA Womenʼs Futsal Championship 2023". Qirg'iz Respublikasi ustozi: "Eronda futzal ligalari talaygina, hozircha ularga qarshi kurash olib borish qiyin"
- Ilk o'yindan taassurotlar qanaqa?
- Ko'p futzalchilarimiz bu kabi musobaqada birinchi marta ishtirok etmoqda. Yana ular katta futboldan kirib kelishgan. SHuning uchun pala-partishlik kuzatildi. Ilk 4-5 daqiqada bir nechta gollar o'tkazib yubordik. SHundan so'ng tinchlandik. Umuman olganda, munosib harakat qildik, deb o'ylayman. Mahorat etishmaganini aytmasa, borlarini berib o'ynashganidan mamnunman. Eronda futzal ligalari talaygina, hozircha ularga qarshi kurash olib borish qiyin. O'z futbolimizni namoyish qildik. Qizlarimizga rahmat aytaman. Kelajakda qiziqarliroq o'yin ko'rsatamiz, degan umiddaman.
- Ushbu musobaqa sportchilar uchun qanchalik muhim?
- Ushbu turnir ilk marta o'tyapti, yana yilda bir marta. Bunday musobaqalar 2-3 ta bo'lganida, futzal jamoasini astoydil shug'ullantirgan bo'lardik. Bizda futzal yo'q, faqat katta futbol mavjud. Musobaqaga 2-3 hafta qolganida yig'ilib, qizlarimizni futzal bahslariga tayyorlamoqdamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar