"CAFA Womenʼs Futsal Championship 2023". Eron murabbiyi: "Musobaqagacha atigi 3 kunlik yig'in o'tkazdik"
27 jan 2023 16:16
Yangiliklar
"CAFA Womenʼs Futsal Championship 2023". Eron murabbiyi: "Musobaqagacha atigi 3 kunlik yig'in o'tkazdik"
- Avvalo, mehmondorchilik haqida rahmat aytmoqchiman. O'yin xususida gapiradigan bo'lsam, turnirga 3 kunlik yig'in bilan etib keldik. Menimcha, bu juda kam hisoblanadi. Sekin-sekin o'yinimizni yaxshilab borishga harakat qilamiz. Musobaqadagi asosiy raqibimiz O'zbekiston hisoblanadi, chunki mezbonlar ancha yaxshi tayyorlanishgan. Ular bilan o'yinni intizorlik bilan kutyapman.
SHuningdek, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi sifatida etirof qilingan Ferishta Karimi ham o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.
- Yaxshi o'yin bo'ldi. Bilasiz, Eron ayollar terma jamoasi Osiyoda etakchilardan hisoblanadi. SHuning uchun har doim g'alabani maqsad qilamiz. Raqibga hurmat saqlagan holda aytaman, ulardan ancha kuchli edik. Bugun aksar qizlarimiz terma jamoa libosida debyut qilishdi. Ular tajribali o'yinchilar bilan chiqishib ketishi uchun biroz vaqt kerak. Keyingi o'yinlarda ham faqat yutish haqida o'ylaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar