So’nggi yangiliklar

17:47Сергей Лушчан "Навбаҳор"ни тарк этдими?  1 17:40Экитике: "Ливерпуль" мен учун қанча тўлагани қизиқ эмас"  0 17:18Пеп Гвардиола: "Абдуқодир Ҳусанов жисмоний жиҳатдан айни кучга тўлган Кайл Уокерга ўхшайди"  2 17:05​Про лига. "Олимпик" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 16:52"Реал" Салибага қизиқишини сақлаб қолган  0 16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  1 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  2 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  2 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  13 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3

"Buxoro"ning "Bunyodkor" ustidan qozonilgan yagona g'alabasi yodingizdami? Yangiliklar

"Buxoro"ning "Bunyodkor" ustidan qozonilgan yagona g'alabasi yodingizdami?

Teglar :  BuxoroBunyodkor
Ushbu tarixiy natija qayd etilganiga 6 yil bo'ldi.

Ertaga Coca Cola Superligasining 5-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Bunyodkor" uchrashuvi o'tkaziladi. Joriy mavsum Superligaga qaytgan buxoroliklar ayni damda ideal natija qayd etolmayapti. Aksincha, "Bunyodkor"ning ishlari ajoyib ruhda ketmoqda. Biroq poytaxtliklar o'tgan turda o'z maydonida "Turon"ni mag'lub eta olmadi. Demak, ochkolar suv va havodek zarur bo'lib turgan vohaliklar ham bo'lajak raqibiga boshog'riq bo'la olishi mumkin. "Buxoro" o'z tarixida "Bunyodkor"ni atigi bir marotaba mag'lubiyatga uchratgan, ushbu voqea 2017 yilgi mavsumda sodir bo'lgan. 

Ko'hna mintaqada kechgan bahsda mezbonlar 22-daqiqada Nurillo To'xtasinovning avtogoli evaziga hisobda oldinga chiqib oladi. Oradan uch daqiqa o'tar-o'tmas Ivan Nagaev oradagi farqni oshiradi. 36-daqiqada esa Sanat SHixov hisobni yirik ko'rinish olishini taminlaydi. 

Ikkinchi bo'limda faollikni oshirgan "qaldirg'ochlar" 65-daqiqaga kelib Dostonbek Hamdamovning goli evaziga hisobni qisqartiradi. Biroq mezbonlar yana oldinga tashlanishib, 79-daqiqada to'rtinchi "sovg'a"sini ham tuhfa etadi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda esa poytaxt klubi hisobni biroz qisqartirishga muvaffaq bo'lishadi, xolos.

Qayd etish joiz, o'shanda ham klubga Ulug'bek Bakaev murabbiylik qilardi. Joriy mavsum klubga qaytgan mutaxassis ushbu tarixiy natijani yangilashi mumkin.

"Buxoro" (Buxoro) – "Bunyodkor" (Toshkent) 4:2

Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), R. Abduvaxidov (Qarshi)

Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

O'zPFL vakili: B. Haydarov.

Gollar: Nurillo To'xtasinov 22 avtogol, - 1:0. Ivan Nagaev 25, - 2:0. Sanat SHixov 36, - 3:0. Dostonbek Hamdamov 65, - 3:1. Nozim Umurov 79, - 4:1. Vadim CHemirtan 90+3, - 4:2.

"Buxoro": Erkin Jabborov, Bobirjon Omonov, Sanat SHixov, Artyom Filiposyan, Alisher SHog'ulomov (Nozim Umurov, 60), SHoxrux Gadoev, Zohir Pirimov, Rabbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Vladimir Baenko, Ivan Nagaev

Zaxira: Akmal Tursunboev, Elbek Ravshanov, Suhrob Nematov, Ivor Veycer, Bahriddin Vahobov, Mirjalol Jumaev

"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, Javlon Ibrohimov, SHaxzodbek Nurmatov, Eldor SHomurodov (Vadim CHemirtan, 59), Dostonbek Hamdamov, Nurillo To'xtasinov (Farrux Ikromov, 41), Dilshod Ahmadaliev, Otabek SHukurov, Mirjamol Qosimov (Sardorbek Azimov, 75)

Zaxira: Dilshod Hamroev, Javlon Mirabdullaev, Davronbek Umirov, Xurshid G'iyosov


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика