So’nggi yangiliklar

07:25Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2

"Buxoro" o'z qarorgohida yig'inni boshladi Yangiliklar

"Buxoro" o'z qarorgohida yig'inni boshladi

Teglar :  Buxoro
Bir necha kunlik tatildan so'ng mamlakatimizdagi bir qator jamoalar ushbu haftada yana yig'ilib, kelasi mavsumga tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi.

Xususan, Ulug'bek Baqoev boshqaruvidagi “Buxoro” jamoasi ham kuni-kecha o'z qarorgohida dastlabki yig'inni boshladi. Hozircha tarkibda mahalliy futbolchilar bilan birga yoshlar jamoasidagi iqtidorli o'yinchilar shug'ullanmoqda. 25 dekabr kuni futbolchilar O'zbekiston professional futbol ligasining maxsus ilmiy-uslub mutaxassislar guruhiga test-normativlarini topshiradi.

Jamoani hozircha hech bir futbolchi rasman tark etmadi. Ammo? yil yakuniga kelib ayrim o'yinchilarning klub bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etadi. Murabbiylar shtabi rahbariyat bilan o'zaro maslahatlashgan holda, bu yilgi mavsumda o'zini ko'rsatishga erishgan futbolchilar bilan kelishuvni uzaytirish borasida ish olib bormoqda.  
Joriy yilgi chempionatda “Buxoro” sharafini himoya qilgan xorijlik futbolchilar – Vladimir Baenko, Kirill Pasichnik hamda Ivor Vaycer ayni damda o'z vatanida bo'lib turibdi. Ushbu legionerning ham amaldagi shartnomasi tugagan. Ammo murabbiylar ukrainalik himoyachi Vladimir Baenkoni imkon qadar jamoada olib qolishni rejalashtirgan.

Bundan tashqari, yana shuni ham qo'shimcha qilish mumkinki, yanvar oyidan tarkibni kuchaytirish uchun bir nechta o'yinchilar jamoaga jalb etiladi. Ular bilan hozirda muzokara olib borilmoqda.


"Buxoro" matbuot xizmati

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика