So’nggi yangiliklar

08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  0 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  2 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  5 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  6 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  3 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  8 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  18 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2

Fevzi Davletov: "OKMK bilan bahsda ko'p kuch va emociya yo'qotdik, bu o'yinga kuchli ruhlana olmadik" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "OKMK bilan bahsda ko'p kuch va emociya yo'qotdik, bu o'yinga kuchli ruhlana olmadik"

Superliga 15-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan so'ng "Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Qisqacha gapiradigan bo'lsam, o'yin nazorati to'liq biz tomonda bo'ldi. Raqib asosiy urg'uni himoyaga qaratdi. O'tgan tur OKMK bilan bahsda ko'p kuch yo'qotgandik, bugun bizga bor kuchni berib o'ynash etishmadi. Bunga issiq ob-havo ham o'z tasirini ko'rsatdi. Odatda bunday o'yinlarda bir yo ikkita imkoniyat bo'ladi va shundan foydalanish kerak. Baribir nima qilib bo'lsa-da, gol urishimiz kerak edi, afsuski to'p kirita olmadik.

- "Surxon" bugun yutuqqa harakat qildi, lekin gol urish uchun nima sababdan ikkinchi hujumchi maydonga tushirilmadi?

- Chunki hozir bizda ikkinchi hujumchi yo'q. O'yinchimiz bor, lekin formada emas. Balki ikkinchi davrada hammasi o'z ishiga tushar. Yoki yozgi tanaffusda boshqa hujumchi qidirishga to'g'ri keladi.

- "Surxon" grand jamoalar bilan yaxshi o'ynayapti, biroq o'rtamiyona klublarga kelganda qiynaladi. Nega shunday bo'lyapti?

- Futbol emociyalarga boy o'yin. Kuchli jamoalarga qarshi futbolchilar o'zlarini yaxshi tayyorlaydi. Kayfiyat ham yuqori bo'ladi. Lekin nima uchundir o'rtamiyona jamoalar bilan shu narsa ko'rinmayapti. Biz murabbiylar shtabi muammo nimada ekanini bilamiz va buni yo'qotish ustida ish olib boryapmiz.

- Raqib jamoa himoyaga asosiy urg'uni bergan paytda "Surxon" yoritib o'tishga qiynalyapti va qanotlardan to'p uzatish bilan cheklanib qolyapti.

- Bu o'rinda ko'p narsa futbolchilarning mahoratiga bog'liq. Ayniqsa o'rta chiziq vakillaridan katta kuch talab qiladi. Murabbiy faqat kerakli gapni aytishi mumkin, lekin raqib o'yinchisini aldab o'tish futbolchi vazifasi hisoblanadi. Jarima maydonchasi ichida qanday harakat qilish ham futbolchilarning o'ziga bog'liq.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика