So’nggi yangiliklar

19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  0 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  3 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  3 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  15 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  9 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1

Buxoro davlat universiteti jamoasi Birinchi ligada ishtirok etadi Yangiliklar

Buxoro davlat universiteti jamoasi Birinchi ligada ishtirok etadi

Universitetlar qoshida tashkil etilayotgan futbol jamoalari tobora katta futbolga yaqinlashmoqda deyish mumkin.

20 fevral kuni Farg'ona davlat unirvesiteti Birinchi liga ishtirokchisiga aylangandi. Endilikda Buxoro davlat universiteti Liga tomonidan o'tkaziladigan musobaqada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Buxoro DU 2023 yil Buxoro viloyati ichki musobaqasida munosib ishtirok etib, yakunda g'oliblikni qo'lga kiritgan. Universitet jamoasi Liga Ustaviga asosan barcha talablarni bajarishga erishdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7-apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-115-sonli Qarorida davlat oliy talim muassasalarida ularning moddiy-texnika bazasidan kelib chiqib, futbol bo'yicha doimiy faoliyat yurituvchi sekciyalar faoliyatini yo'lga qo'yish, davlat oliy talim muassasalaridagi mavjud sport inshootlari va futbol maydonlarining doimiy faoliyat ko'rsatishini taminlash choralarini ko'rish, har bir davlat oliy talim muassasasining futbol va futzal bo'yicha jamoalari bo'lishi hamda oliy talim muassasalari reytingini aniqlashda mazkur holatlar inobatga olinishini nazarda tutish alohida ko'rsatib o'tilgan. O'zbekiston Professional futbol ligasi oliy talim muassasalari qoshida sport jamoalari tashkil etilishini qo'llab-quvvatlaydi va bugungi sanani ham o'zi uchun tarixiy sanalardan biri sifatida etirof etadi. O'z navbatida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidovga futbolga bo'lgan etibori uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Buxoro davlat universitetining mini futbol jamoasi 2022 yilda o'tkazilgan Coca-Cola Students Cup musobaqasida ishtirok etgan bo'lib, uning respublika bosqichida chorak finalga qadar etib borgandi. Ishonamizki, universitet endilikda katta futbolda o'z o'rniga ega bo'lib boradi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика