So’nggi yangiliklar

18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  1 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  1 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  32 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1

"Buxoro" ayollar jamoasi bosh murabbiyi 0:10 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin: "Sevinch" 20ta gol urishi kerak edi" Yangiliklar

"Buxoro" ayollar jamoasi bosh murabbiyi 0:10 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin: "Sevinch" 20ta gol urishi kerak edi"

Ayollar chempionati 9-turi doirasidagi "Sevinch" - "Buxoro" uchrashuvida 10:0 hisobi qayd etildi.

O'yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Yusuf Rajabov o'z fikrlarini bildirdi.




- O'yin haqida nima deya olasiz?

- Havo juda ham issiq bo'ldi. Bahs soat 18:00da boshlandi, ikkinchi taymda quyosh botganidan keyin o'yin tezroq bo'ldi. Agar yanada kechroq bo'lganida yaxshiroq bo'lardi. "Sevinch" tarkibini bilasiz terma jamoa asosini tashkil etadi. Bizda bo'lsa 16 yoshli qizlar o'ynashdi, 6 nafar futbolchimizda jarohat olgan, shu bois yoshlarni o'ynatishga majbur bo'ldim. Birinchi taymning o'zida "Sevinch" klassni ko'rsatdi. "Sevinch"ga omad tilayman.

- "Sevinch"ning tarkibi jihatidan olib qarasak, 10:0 hisobi normal holatmi?

- Yo'q, "Sevinch" bugun 20ta gol urishi kerak edi. To'g'risini aytaman. SHoyimova hamda Karachik eng zo'r futbolchilar. SHunday o'yinchilar ko'paysa chempionat saviyasi o'sadi, terma jamoaga foyda bo'ladi. "Sevinch" bizdan saviya jihatidan ikki bosh yuqori edi.

- "Buxoro" tanaffusda kiyim almashtirish xonasiga kirmadi...

- Kiyim almashtirish xonasiga kirib ko'ring, juda issiq. SHaroit yomon emas, shunchaki issiq. U erga kirganidan ko'ra tashqarida salqinda o'tirganimiz yaxshi edi.


Nomoz CHoriev suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика