Butun bir davr yakuni: "Real" tajribali futbolchisi jamoadan ketadi
15 may 11:37
Yangiliklar


Butun bir davr yakuni: "Real" tajribali futbolchisi jamoadan ketadi
Bu malumotni insayder Fabricio Romano tarqatdi. 33 yoshli ispaniyalik erkin agentga aylanadi, biroq ketishidan oldin u AQSHda o'tkaziladigan 2025 yilgi KJCHda "qaymoqranglilar" safida o'ynashga ulguradi.
O'yinchining "Real" bilan xayrlashuviga "Liverpul"ning o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning tez orada sotib olinishi sabab bo'ldi.
Lukas Vaskes "Real" tarbiyalanuvchisi bo'lib, klubga 2007 yilda, 16 yoshida kelib qo'shilgan. Uning madridliklardan tashqaridagi yagona mavsumi 2014/2015 yillarda "Espanol"ga ijaraga berilgan paytga to'g'ri keladi.
Vaskes madridliklar asosiy jamoasi safida 398 rasmiy o'yin o'tkazib, 38 ta gol urgan va 73 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Vaskesning ketishi butun bir davrning yakuniga etganini anglatadi–- futbolchi "qirollik klubi"da deyarli yigirma yil harakat qilib, zamonaviy tarixining ajralmas qismiga aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar