Busketsni almashtiradigan asosiy nomzod nomi ochiqlandi
21 sen 2022 16:54
Yangiliklar
Busketsni almashtiradigan asosiy nomzod nomi ochiqlandi
"Real Sosedad" yarim himoyachisi Martin Subimendi – "Barselona"ning Serxio Buskets o'rniga olib kelinishi mumkin bo'lgan birinchi raqamli nishoni.
Bu haqda Kataloniya mediasining turli manbalari bong urmoqda. 23 yoshli Subimendining "Anoeta"dagi shartnomasi 2025 yilga qadar o'z kuchida bo'ladi. Futbolchining tovon puli 60 mln evroni tashkil etadi. "Sosedad" bu summani kattalashtirish niyatida.

Martin terma jamoalar o'rtasidagi xalqaro o'yinlar nihoyasiga etgach, klubdagi 100-o'yinini o'tkazishga yaqin turibdi. Luis Enrikening eng oxirgi tarkibiga jalb etilmaganiga qaramay, futbolchi allaqachon Ispaniya termasi libosida bitta o'yin o'tkazgan.
"Barselona" Busketsdan keyingi hayotga hozirlik ko'rmoqda. 34 yoshli tayanch yarim himochisining Kataloniya klubi bilan bitimi kelayotgan yozda tugaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Месси жаҳон рекордини янгилади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Fikrlar