Buskets "Barselona" safidagi 700-uchrashuvini o'tkazdi
13 jan 2023 10:38
Yangiliklar
Buskets "Barselona" safidagi 700-uchrashuvini o'tkazdi
"Barselona" yarim himoyachisi va sardori Serxio Buskets Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasidagi "Real Betis"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi. Bu ispaniyalikning "ko'k-anorranglilar" libosidagi 700-o'yini bo'ldi.
2008 yildan buyon "Barselona" safida to'p tepayotgan 34 yoshli Buskets bunday ko'rsatkichga erishgan kataloniyaliklar tarixidagi uchinchi futbolchiga aylandi.
"Ko'k-anorranglilar"ning amaldagi bosh murabbiyi Xavi "Barselona" safida 767 ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, Lionel Messi hisobida 778 ta o'yin bor.
Buskets 700 ta o'yinning 465 tasini Ispaniya chempionatida, 129 tasini CHempionlar Ligasida, 73 tasini Kubokda, 19 tasini Ispaniya Superkubogida, 6 tasini Evropa Ligasida, 5 tasini klublar o'rtasidagi JCHda, qolgan 3 tasini esa Evropa Superkubogida o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar