So’nggi yangiliklar

21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  0 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  0 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  0 20:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  33 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  13 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1

"Burgutlar" parvozda Yangiliklar

"Burgutlar" parvozda

Teglar :  Andijon
Muxlislar sevimli jamoalaridan doim g'alaba kutishadi. O'z navbatida futbolchilar ham maydonga chiqib ishqibozlar uchun to'p tepishdi. Tabiiyki, ketma-ket g'alabalar har qanday muxlisni ham quvontiradi.

Mavsum yakunlanib borayotgan ayni paytda “Andijon” jamoasi mazmunli o'yinlari bilan o'z ishqibozlarini mamnun etib kelmoqda. 27-turda “Andijon” jamoamiz o'z maydonida “So'g'diyona”ni  qabul qilib 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Natijada “burgutlar” chempionatda qatorasiga uchinchi g'alabaga erishdilar. Undan avval Farg'onadagi uchrashuvdayoq jamoamiz ikkita noxush ananaga barham berdi. Birinchidan, andijonliklar o'z tarixida ilk bor Farg'onada “Neftchi”ni dog'da qoldirib sensaciya qayd etishdi. 1992 yildan buyon milliy chempionatimiz o'tkazilib kelinayotgan bo'lsa, shu paytgacha jamoamiz safarda “Neftchi”ni yuta olmagandi. Anvar Berdievning yagona goli bilan jamoamiz ushbu noxush ananaga chek qo'ydi. Farg'onadagi yutuqdan so'ng andijonliklar chempionatda birinchi marta ketma-ket ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu natijani jamoamiz “So'g'diyona” bilan o'yinda ham takrorlab, g'alabalar seriyasini uchtaga etkazdi. Nafaqat bu yil, balki o'tgan yildan beri “Andijon” klubi chempionatda ketma-ket g'alabalarga erisha olmayotgandi. Ushbu yoqimsiz ananaga ham barham berildi.

Bundan uchta tur avval 15-pog'onadan joy olib, oliy ligadan tushib ketish arafasida turgan andijonliklar o'z imkoniyatlarini ancha yaxshilab olishdi. Jamoa uchta uchrashuvda 9 ochko jamg'arib, ochkolari sonini 27 taga etakazib oldi. Bu bilan “Andijon”ni elitada qolishi ham deyarli hal bo'ldi. Tan olish kerak, Edgar Gess ketganidan so'ng jamoa o'yinida o'zgarish yuz berdi. Boshqaruvni o'z zimmasiga olgan Sergey Kovshov omadli murabbiy ekanligini namoyish etdi. Gess bosh murabbiyligida andijnoliklar 20 ta o'yin o'tkazib 14 ochko to'plashgandi. Kovshovning qo'li ostida esa jamoamiz shu kungacha 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ochko jamg'ardi. Albatta, Predrag Vuyovich va Temur Vasilevni ketishi jamoa uchun sezilarli yo'qotish bo'ldi. SHunga qaramay, ikkinchi davrada tarkibga qo'shilgan Anvar Berdiev, Iqbol Boboxonov va Abdulloh Olimov o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlashmoqda. Ayniqsa, Berdievning tajribasi jamoaga katta yordam bermoqda. Mahoratli hujumchi andijonliklar safida shu kungacha 8 ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 7 bor ishg'ol etdi. Bu gollarning orasida Berdiev sobiq klubi “Neftchi” darvozasini ham ishg'ol etdi. Birinchi davrada “Mashal” va “Neftchi”da zaxirada o'tirgan Boboxonov bilan Olimov mavsumning ikkinchi qismida “Andijon” safiga qo'shilib o'yin amaliyotiga ega bo'lishmoqda. Farg'onada “Neftchi”ga qarshi kechgan bahsda Olimov o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatganini ham aytib o'tish kerak.

Birinchi navbatda jamoada moliyaviy yoki boshqa muammolar bo'lmasa natija yaxshi bo'lishi aniq. Andijon viloyati hokimi hamda klubimiz homiysi “GM-Uzbekistan” qo'shma korxonasi ham imkon qadar etibor qaratib, yordam berishga harakat qilmoqda. “So'g'diyona” bilan bo'lgan o'yindan keyin Andijon viloyati hokimi, Andijon Futbol Federaciyasi prezidenti SH.Q.Abdurahmonov kiyinish xonasiga kirib, futbolchilarni g'alaba bilan qutladi. Ketma-ket g'alabalar uchun SH.Q.Abdurahmonov futbolchilarga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Xullas, ayni paytda “burgutlar” parvozda va jamoa qolgan uchrashuvlarni ham mana shunday ruhda o'tkazishni maqsad qilgan. Keyingi turni jamoamiz Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi o'tkazadi. Bu o'yinda ham futbolchilar g'alabani o'ylashmoqda. Undan keyin andijonliklar o'z maydonida “Dinamo” klubini qabul qilishadi. Mavsumning so'nggi turini esa “Andijon” poytaxtda “Paxtakor”ga qarshi o'tkazadi. Ushbu uchrashuvlarda ham jamoamiz muxlislarini xursand etishini kutib qolamiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика