So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:50BALLON D'OR-2025  101 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

"Bunyodkor"ning xorijlik legioneri: "Faoliyatimda yangi sahifa ochilyapti" Yangiliklar

"Bunyodkor"ning xorijlik legioneri: "Faoliyatimda yangi sahifa ochilyapti"

"Bunyodkor" jamoasida ko'rikdan o'tayotgan qirg'izistonlik futbolchi Odiljon Abdurahmonov klub matbuot xizmatiga fikrlarini bildirib o'tdi.

"Navbahor farm"ga qarshi o'yinda nafaqat raqib, balki maydonga qarshi ham kurashdik, desam mubolag'a bo'lmaydi. Zero, biz Toshkentda ham Farg'onaga kelganda ham suniy qoplamali maydonda mashg'ulot o'tkazayotgandik. SHuning uchun maydonga moslashish ancha qiyin kechdi. Men raqibni mensimay o'ynadik, demagan bo'lardim. SHaxsan o'zim bu haqda umuman o'ylaganim yo'q. CHunki men «Navbahor farm» qay darajadagi jamoaligini bilmayman. SHu bois uchrashuvda borimni berib harakat qildim. G'alaba qozona olmaganimizning yana bir sababi, futbolchilar hali bir-birimizni to'liq tushuna olmaganimiz bo'lsa kerak. Boisi, tarkibda yangi o'yinchilar bor. O'ylaymanki, keyingi o'yinlarda vaziyatni o'nglaymiz.

SHu kunga qadar "Bunyodkor" safida o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushayotgandim. "Hokim Kubogi" orqali qaysidir manoda rasmiy debyutimni nishonladim deyishim mumkin. Faoliyatim davomida bu kabi turnirlarda o'ynamagandim. Faoliyatimda yangi sahifa ochilyapti, deya olaman. "Bunyodkor"da meni iliq qabul qilishdi. Boshida biroz qiynaldim, ammo hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Jamoaga to'liq moslashdim, desam bo'ladi",- deydi futbolchi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика