So’nggi yangiliklar

01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  2 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  3 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  53 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  30 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  109 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  697 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  6 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0

"Bunyodkor"ni saqlab qolaylik! Yangiliklar

"Bunyodkor"ni saqlab qolaylik!

Teglar :  BunyodkorSuperliga
"Nasaf"ni-chi (?) deyishga shoshilmang, poytaxt futboli uchun yozilmayapti bu maqola.

"Bunyodkor" butunlay yo'q bo'lib ketishi mumkin, "Nasaf" yashaydi. SHuning uchun maqola sarlavhasi shunday ko'rinish oldi. Keling, avval hozirgi terma jamoamizda to'p tepayotgan futbolchilar ro'yxatiga nazar tashlaymiz: Akrom Komilov, Rustam Ashurmatov, Doston Hamdamov, Otabek SHukurov, Eldor SHomurodov bugungi kunda MTJning asosiy tarkib o'yinchilari qatoridan joy olishyapti.

Xurshid G'iyosov va Islom Qobilov kuchsiz o'yinchi bo'lganlarida Urugvay bilan o'yinga chaqirilmagan bo'lardi. Ular qatoriga Sardor Sobirxo'jaevni ham qo'shamiz. Mana nima uchun "Bunyodkor" bizga kerak? Bu futbolchilarni tarbiyalashda "Bunyodkor"ning ichki tizimi to'g'ri yo'lga qo'yilganida deb bilamiz. To'g'ri, Eldor va Otabek "Mashal"dan keldi, lekin unda ular ancha yosh edilar. "Bunyodkor"da esa ular parvoz etdilar va bugungi kunda ularning ikkisi ham legioner sanaladi.

"Bunyodkor"da klub akademiyasi tomonidan olib borilgan ishlar o'z yo'liga bo'lib, undan chiqayotgan futbolchilardan maqsadli tarzda foydalanish ham bir yo'l bo'ldi va bu ishni avvaliga Lushan, undan keyin Qosimov davom ettira oldi. Qosimovning ikkinchi qaytishi akademiyaga tayanib ishlashni o'rgatdi. Bugun "Bunyodkor" Superligada ancha mazmunli harakat qilyapti va tarkib 70% ga akademiya tarbiyalanuvchilari bilan to'ldirilgan.

Jamoa o'rinbosarlari "Paxtakor"ni shu yilning o'zidayoq ikki bor mag'lubiyatga uchratdi. Ayniqsa ikkinchisida hisob ancha yirik ko'rinish oldi. Bu ham tizimning to'g'riligidan.

Aytishingiz mumkin, "Bunyodkor" o'rniga Respublika akademiyasi ishga tushadi deb, bu ham yaxshi - yomon emas. Lekin bu akademiyani biz bilmaymiz kim qanday boshqarishini. Yo'q narsadan hozir kelajak qura olmaymiz. "Bunyodkor" ham bir deganda futbolchi etkazib bermadi. Yillar kerak bo'ldi. Yangi ochiladigan akademiya ham xuddi shunday, biron yil o'tib samara beradi. Akademiya ham bo'lsin, "Bunyodkor" ham qolsin. Mana "Lokomotiv" va "Paxtakor" yuribdi-ku amallab. "Bunyodkor"ga ham imkoniyat bering, uni shunchaki yopib yuborish juda katta xato.

Aynan nima sababdan "Bunyodkor" klubi yopilayotganidan bexabarmiz (ammo atrofda shunday gap-so'zlar yuribdi). SHu o'rinda Umid Ahmadjonov tomonidan olib borilayotgan ko'plab ishlar meni qiziqtirib qo'ydi. U kishi bilan BAAda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogiga qura tashlash marosimida suhbatlashganimda, to'g'risi juda kuchli g'ayratni ko'rdim.

Lekin shuni aytish lozim, "Bunyodkor"ni yo'qotsak, o'sha biz istayotgan JCHga chiqishimiz yana to'rt yilga ortga suriladi. Yangi ochiladigan akademiya bizga yangi cikl uchun bir deganda 10ta Odil Ahmedovni bera olmaydi. O'FAning bu qilayotgan ishlari 12 yildan keyin bo'ladigan JCHlarda asqotadi. Qatardagi JCH uchun esa bizga "Bunyodkor"ning bo'lgani yaxshi. Mayli bu jamoaning puli ko'p bo'lmasin, mayli chempionlik uchun kurashmasin, lekin yaxshi saviyadagi mutaxassislar bilan Superligadagi raqobatni ushlab tursin.

Hurmatli, Umid Mahamadjonovich! Yurtboshimiz Sizga o'zbek futbolini ishonib topshirgan bir paytda xalq nomidan "Bunyodkor"ni saqlab qolishda amaliy yordam ko'rsatishingizni so'raymiz! Bu ishingizga javoban "Bunyodkor" JCH-2022 saralash bosqichida o'zining mohir futbolchilari bilan Sizga elkadosh bo'ladi!

X.Xoliqov.

Reyting: +187   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика