So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  6 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  5 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

"Bunyodkor" va Simonenko. Aslida vaziyat qanday? Yangiliklar

"Bunyodkor" va Simonenko. Aslida vaziyat qanday?

PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev "Bunyodkor" va ukrainalik futbolchi o'rtasidagi muammo haqida malumot berdi.

"Bunyodkor" safida 2014 yil Sergey Simonenko degan futbolchi o'ynagan. 2018 yilga kelib FIFA mana shu futbolchi kasriga "Bunyodkor"ni Superligadagi 6 ochkosidan mahrum qilishi ham mumkin. Nega? CHunki Simonenko yozib bergan FIFAga pulimni berishmayapti deb. Gap taxminan 400 000 000 so'm (hozirgi kursda deyarli 50 000 dollar) ustida ketmoqda.

Simonenko 2014 yil yarim yilgina o'ynagan va 14 ta uchrashuvda ishtirok etgan: 1 ta superkubok, 1 ta kubok, 5 ta Oliy liga va 7 ta CHempionlar ligasi. SHu bilan u "Bunyodkor" uchun kerak bo'lmay qolgan (aslida ham kuchli legioner bo'lmagan). "Bunyodkor" rahbariyati 2014 yilning yozida klubdan ketgan futbolchiga keyinchalik ikki marta pul tashlagan:

2015 yil, 4 avgust — 152 000 000 so'm
2016 yil, 4 aprel — 127 000 000 so'm

Qizig'i, pullar so'mda futbolchining plastik kartochkasiga tashlab berilgan (yanada qizig'i Simonenko allaqachon mamlakatdan chiqib ketganidan keyin). Ko'rinyaptiki, Bunyodkor rahbariyati FIFAdan qo'rqib, pul tashlayvergan (bu paytda plastik qaysi teshiklarda yotgani hech kimga malum emas). Hech bo'lmaganda so'm O'zbekistondan boshqa joyda o'tsa ham mayliga edi.  

FIFA hozirgacha ishni yopmagan. CHunki pul futbolchining qo'ligacha etib bormagan (garchi O'zbekiston degan xotamtoy yurtda uning nomiga har yili pul o'tkazib turadigan rahbarlar bo'lsa ham). Simonenko negadir Toshkentga qaytishga qo'rqib qolgan (qo'rqitishmagan deb umid qilaylik). Biroq u kelmagunicha, pulini hech kim ololmaydi. Hech bo'lmaganda hozir yurgan Ispaniyasidan turib agentigami (balki biror do'stiga) ishonchnoma yozib berishi kerak, bankda saqlanib turgan pulini olish uchun. Keyin bu pul bir amallab valyutaga almashtiriladi va undan keyin Simonenkoga etkaziladi.

"Bunyodkor"ning hozirgi rahbariyatini tushunish mumkin. Biroq bu tushunishni FIFAga tushuntirib bo'lmaydi, FIFA bu qadar mayda (biz uchun mayda emas sira ham) ishlarga har yili bir martadan vaqt ajratolmaydi. Endi kimdir Simonenko bilan ko'rishib olib, masalani echishi kerak, - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.


Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика