So’nggi yangiliklar

15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  2 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  2 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  1 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  7 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  11 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  26 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5

"Bunyodkor" va "Paxtakor" muxlislari Qosimov va Babayanni so'rayaptilar Yangiliklar

"Bunyodkor" va "Paxtakor" muxlislari Qosimov va Babayanni so'rayaptilar

Kecha bo'lib o'tgan Toshkent derbisida ikki jamoa muxlislari ham rahbariyatga murojaat qildilar.

Garchand, g'alaba qozongan bo'lsada, "Bunyodkor" muxlislari o'tirgan o'rindiqda quyidagi bannerni ko'rdik.



Mutoyiba aralashgan mazkur bannerga izoh berib o'tamiz.

Lushan: "Barchasi uchun rahmat, yaxshisi oldinda".

Kumikov: "Keragi yo'q, rahmat!" Aynan Kumikovning rasmi chiqqanligi sabab, "Bunyodkor" rahbariyati qozog'istonlik mutaxassisga og'iz solganliklari bo'lgan.

Keyingi ikkita suratda hazilni ko'ramiz. Aslida bundan bir necha yil avval bunday gap so'zlar asosga ega bo'lardi.

Mourino: "To'g'ri kelmaydi, sal qimmatroq"

Gvardiola: "Nomzod, o'ylab ko'ramiz..."

Eng so'nggi surat esa jamoa muxlislari kutayotgan murabbiy Mirjalol Qosimov.

Uchrashuv yakuniga etganidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida ishtirok etgan Baxtiyor Boboev, bugungi natijaga qaramay, keyingi mavsum uchun jamoaga kuchli murabbiy kelishi kerakligini  takidlab o'tdi. Biz olgan malumotlarga ko'ra "Bunyodkor" qiziqayotgan murabbiylar orasida Viktor Kumikov va Mirjalol Qosimov ham bor. Ammo ikki tomon ham hozircha taklif bo'lmaganligini aytib kelishyapti. Voqealar rivojini kuzatamiz. 




Stadionning ikkinchi tomonida esa estafeta tayoqchasini "Paxtakor" muxlislari oldilar. Avvaliga ular No'mon Hasanovdan bo'shashni talab qildilar, so'nggi o'n daqiqada esa "Babayanni qaytaring", deb baqirdilar. 

Agar ikki vaziyatga o'z fikrimizni bildirsak, "Bunyodkor"ga Qosimov kelishi mumkin, ammo MTJga o'tgan Samvel Babayanni u erdagi ishi to'g'ri ketsa, hali beri "Paxtakor" murabbiylar shtabidan joy olmasa kerak. Yana bir malumot, "derbi"dan avval keyingi yil uchun jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanishi haqida axborot paydo bo'lgan edi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика