So’nggi yangiliklar

00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  3 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  0 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  6 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  2 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  1 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  5 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5

"Bunyodkor" tanishtiruv marosimini o'tkazdi Yangiliklar

"Bunyodkor" tanishtiruv marosimini o'tkazdi

Bugun Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mavsumlar oralig'ida o'z tarkibiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi.
Toshkent klubi mavsumlar oralig'ida Artyom Filiposyan, Otabek SHukurov, Obid Jo'raboev, SHaker Zuagi, Mirzohid G'ofurov va Eldor SHomurodov kabi futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi.

"Barchani yangi mavsum bilan tabriklaymiz, kelajakda barchaga omad tilayman. Oldimizga qo'yilgan vazifalarga kelsak, o'tgan yilgi mavsumni biroz muvaffaqiyatsiz tarzda o'tkazdik. O'tgan yilgi kamchiliklar, xatolarimizni o'rganib chiqdik. Yangi yilga, yangi mavsumga oldimizga yuqori maqsadlarni qo'ydik. O'z rejamizni tuzib chiqdik, bu reja bo'yicha ish olib borayapmiz. Jamoani shakllantirishda yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf etish, murabbiylar shtabini kuchaytirish va legionerlarni sotib olishda xatoga yo'l qo'ymaslikka intilamiz.

"Bunyodkor" o'z oldiga O'zbekiston chempioni bo'lish va mamlakat kubogini qo'lga kiritish, OCHLda yaxshi ishtirok etishni maqsad qilib qo'ygan. Jamoamiz bu yil o'zining 10 yilligini nishonlaydi, bu bayram chiroyli o'tishini taminlamoqchimiz", - deydi Baxtiyor Boboev.

"Yangi mavsumga tayyorgarlik rejadagidek kechdi. Barcha futbolchilar 17 fevraldagi o'yinga to'liq tayyorlar", - deydi Sergey Lushan.

- O'tgan yil jamoani shakllantirish borasida xatoga yo'l qo'yildi deyildi. Bunga nima deysiz?

Sergey Lushan: - 2014 yil jamoa mening qo'l ostimda bazi o'yinlarda o'zining bor kuchini ko'rsata olmagani rost. Masalan, "Dinamo" bilan o'yin. Tarkibni keskin yoshartirib yuborganim tufayli ham xatolar bo'ldi. Bu yilgi maqsadimiz barcha musobaqalarda g'olib chiqish. OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etish degan narsani tushunmayman, maqsadimiz doim birinchi o'rin. Tarkibimiz bir qator yoshlar bilan to'ldirildi. Mana shu yoshlar bilan mavsumni sovrinlar bilan o'tkazmoqchimiz.

 2015 yil yozida "Bunyodkor" klubi o'zining 10 yillik yubileyini o'tkazadi. Bu yilga maxsus yangi logotip ishlab chiqildi.

Bu yildan boshlab Sergey Lushanga tajribali murabbiy Amet Memet yordam beradi. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ruminiyalik Avgustin CHirica ishlaydi. 


2012 va 2013 yillarda "qaldirg'ochlar" safida o'ynagan Artyom Filiposyan yana o'zining 16-raqamli formasida harakat qiladigan bo'ldi.

"Mashal"dan olingan yosh yarim himoyachi Otabek SHukurov 29-raqamga ega bo'ldi.

Faoliyati mobaynida oliy liganing bir qator klublarida o'ynagan Obid Jo'raboevga 15-raqam topshirildi.

Tunislik futbolchi SHaker Zuagi "qaldirg'ochlar" safida 7-raqamda o'ynaydigan bo'ldi.

Mirzohid G'ofurovga 11-raqamli futbolka topshirildi.

Muborakning "Mashal" klubida katta futbolga kirib kelgan Eldor SHomurodov o'ziga 39-raqamni tanladi.


SHu tariqa tanishtiruv marosimi o'z yakuniga etdi.

Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика