So’nggi yangiliklar

10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  1 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  4 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  9 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  2 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  2 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  8 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  2

“Bunyodkor” stadionida “Futbol do'stlik uchun” loyihasi vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi Yangiliklar

“Bunyodkor” stadionida “Futbol do'stlik uchun” loyihasi vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi

FIFA va futbol bo'yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori - “Gazprom” kompaniyasining “Futbol do'stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasi shu yil 26 iyun kunidan boshlab 3 iyul kunigacha Sankt-Peterburgda (Rossiya) bo'lib o'tadigan beshinchi mavsumi start olganini elon qilgani haqida xabar berilgandi.
2017 yilda loyihaning ishtirokchi mamlakatlar soni 32 tadan 64 tagacha, yani, ikki barobar ko'paydi. O'zbekiston ham ishtirokchi mamlakatlar qatoridan joy olgan. Qura natijasiga ko'ra, O'zbekiston sharafini “Yashil do'stlik” jamoasida darvozabon himoya qiladi.

Musobaqa qoidalariga ko'ra, futbolchi (darvozabon) 10–12 yoshda bo'lishi, 2 yillik futbolchilik tajribasiga ega bo'lib, ingliz tilini bilishi va boshqalar bilan chiqishimli bo'lishi kerak. SHu maqsadda, O'zbekiston Futbol Federaciyasi mamlakatdagi futbol klublarning yosh darvozabonlari orasida 19 aprel kuni tanlov o'tkazdi. Bir necha bosqichdan iborat tanlovda mamlakatning qator klublari orasida “Lokomotiv” tarbiyalanuvichisi, 12 yoshli Ilyos Ahmedov g'olib bo'ldi.

Ertaga, 4 may kuni “Futbol do'stlik uchun” tashkiliy qo'mitasining ishchi guruhi Toshkentga tashrif buyuradi. 5 may kuni esa “Bunyodkor” stadionining anjumatlar zalida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Unda loyiha vakillari, O'FF texnik direktori SHavkat Imomov va bo'lajak loyihada ishtirok etadigan Ilyos Ahmedov qatnashadi.

5 may kuni soat 10:30 da boshlanadigan matbuot anjumaniga barcha OAV vakillari taklif etiladi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика