So’nggi yangiliklar

11:48TVCOM'да бугунги тақвим: Ўтиш ўйини, Ҳусанов “Сити” билан Мадридда ва бошқалар  0 11:30Слот Салоҳ билан юзага келган зиддият ҳақида: "Ҳаётда ҳамма хато қилади, аммо ўйинчи хато қилганини тушуняптими? Ташаббус ундан чиқиши керакми ёки мендан?"  1 11:15“Fair-play”ни “Машъал”га беринглар  9 10:46Германия МТЖ аъзоси келажаги борасида бир қарорга келди  0 10:15Европанинг ТОП клуби Рамосга таклиф юборди  1 09:46Кейннинг "Бавария"даги келажаги маълум  0 09:20Флик жамоасининг Чемпионлар Лигасидаги ғалабасига муносабат билдирди  3 08:52Месси навбатдаги совринига эга чиқди  12 08:26"Динамо" етакчиларидан бири жамоани тарк этди  2 08:00Ўзбекистоннинг ЖЧ-2026даги эҳтимолий рақиби Конго ДРнинг Африка Миллатлари Кубоги учун қайдномаси маълум  16 07:29Суперлига плей-офф. Бугун "Арал"нинг рақиби маълум бўлади  10 03:05ЕЧЛ. Салоҳсиз "Ливерпуль" меҳмонда "Интер"ни мағлубиятга учратди  19 03:05ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди  57 03:00ЕЧЛ. "Челси" Бергамода камбэк қурбони бўлди, "Тоттенхэм" ва "Атлетико"да ғалаба ва бошқа натижалар  8 01:38Слотнинг ўрнини эгаллаши мумкин бўлган икки мураббийнинг номи маълум бўлди  5

"Bunyodkor" sobiq murabbiyi qo'l ostida to'p tepgan, Alisson Bekerga yaqin qarindosh bo'lgan hamda sigir sog'ishni qoyillatadigan "Paxtakor"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz Yangiliklar

"Bunyodkor" sobiq murabbiyi qo'l ostida to'p tepgan, Alisson Bekerga yaqin qarindosh bo'lgan hamda sigir sog'ishni qoyillatadigan "Paxtakor"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz

Futbolchi Totti bilan jamoadosh bo'lgan hamda mashhur murabbiyning murakkab mashg'ulotlaridan ko'zlari yoshga to'lgan. Shuningdek, "Panenka" uslubida penaltini golga aylantira olmagani uchun unga nisbatan chora ko'rilgan.

Toshkentning "Paxtakor" klubi yaqinda braziliyalik yarim himoyachi Jonatan Lukka bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Uning so'nggi jamoasi Portugaliyaning "AVS Futebol" (Portugaliya) klubi edi.

10 yoshida futbol o'ynashni boshlagan Jonatan Lukka 17 yoshidayoq Italiyaning "Roma" klubi tomonidan Braziliyaning "Internasonal" jamoasidan 700 ming evroga xarid qilingan hamda Perrotta, Lamela, Pyanich, Markinos, De Rossi va Totti kabi futbolchilar bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etgan, biroq biror marotaba maydonga tushirilmagan.

Agentim "Roma" va "Yuventus"dan taklif borligini aytdi. "Internasonal" men bilan shartnomani uzaytirmoqchi edi. Men hech narsa kafolatlanmaganligini bilar edim, ammo baribir Evropaga borishga qaror qildim, chunki boshqa imkon bo'lmasligi mumkin edi.

Transferim bir kechada hal bo'ldi. Bir kuni baza yotoqxonasidan chiqib ketayotgandim, klub professional direktori qarshimga mashinasini to'xtatib, ketmasligim kerakligini so'radi. Ammo men qaror qabul qilib bo'lgandim. To'g'ri qildim deb o'ylayman. Bazadagilar hayron qolishdi, chunki men 17 yoshda edim. Men hech qachon professionallar bilan mashg'ulot o'tkazmaganman. 

"Roma"dagi tirik yulduzlarni faqat videoo'yinlarda ko'rgandim, ular menga juda yaxshi munosabatda bo'lishgan.

Pyanich to'p bilan ajoyib muomala qilardi. Uning mashg'ulotlardagi harakatlari hayratlanarli edi. U menga Juninodan (Pernambukano) ko'p narsa o'rganganini aytdi. Totti juda kamgap va bosiq edi, ammo bazida hazillashib turardi. Yoshi kattaroq bo'lishiga qaramay, uning mahorati o'rtachadan ancha yuqori edi. Osvaldo g'alati tabiatga ega edi, biz do'stlashib qoldik. Bazida u janjallashib, bahslashardi, lekin yaxshi inson edi. U rok musiqani sevardi, hatto qo'shiq ham kuylardi.

Jamoaning AQSHdagi mavsumoldi tayyorgarligidagi birinchi mashg'ulotimda De Rossi Evropa chempionati finalida (Ispaniyaga) yutqazgani uchun jahli chiqqan holda ishtirok etardi. Vaziyatlardan birida men to'pni olib burilmoqchi bo'lganimda, u meni qattiq turtib yubordi, bu judayam qo'pol harakat edi! Ammo ular bunga etibor bermadi, chunki men 18 yoshli bola edim (kuladi). De Rossi yuzimga engil ikki marta shapatilab: "Bo'shashma, davom et!" dedi. U ajoyib odam edi!"

O'sha paytda "Roma" murabbiy Zdenek Zeman edi.

Zeman faoliyatimdagi eng aqldan ozgan murabbiy edi. U faqat jismoniy tayyorgarlikka urg'u berardi. Avstriyada mavsumoldi mashg'ulotlarida shu qadar ko'p jismoniy tayyorgarlik ko'rdik, o'shanda tanam shu qadar og'riqni his qildiki, naq yig'lab yubordim. His qilyapsizmi, men 18 yoshda edim! Murabbiydan norozi yoshi kattaroq yigitlar jamoadan ketishdi.

Oldinda yana to'rt yillik shartnomasi bo'lishiga qaramay, Lukka jamoadan ketishni istadi. "Roma" uni C seriyadagi jamoalardan biriga ijaraga berishni istadi, biroq futbolchi Braziliyashga qaytishni xohladi.


Keyinchalik u Braziliyanng bir qator klublarida to'p tepgach, "Bunyodkor" sobiq murabbiyi Ziko murabbiyligidagi Hindistonning "Goa" jamoasidan taklif oldi. Hindiston va Malayziyadagi faoliyatidan so'ng Portugaliya va Norvegiya jamoalarida ham to'p tepdi.

Qizig'i, Portugaliyaning "Farense" tarkibida "Belenensesh"ga qarshi o'yinda penaltini aniq amalga oshira olmagani uchun unga nisbatan klub tomonidan intizomiy ish qo'zg'atildi. Uchrashuvning 69-daqiqasida Rayan Gold 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirib, "Farense"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 78-daqiqada hakam jamoa foydasi uchun nuqtaga ishora qildi. Jonatan Lukka jarima zarbasini ijro etishni jamoadoshidan so'radi va to'p qarshisiga yaqinlashdi. Uning "Panenka" uslubida yo'llagan zarbasi esa darvoza to'siniga tegib qaytdi. Keyinchalik raqib jamoa hisobni tenglashtirdi, o'yin esa 1:1 hisobida yakunlandi. Bellashuvdan so'ng bosh murabbiy Serjiu Vieyra ham undan noroziligini yashirmadi. 

VIDEO

Jonatan Lukka Gabriela Lyove bilan oila qurgan. Gabriela "Liverpul" darvozaboni Alisson Bekerning rafiqasi Nataliya Lyove bilan opa-singildir. Demak, Jonatan va Alisson boja hisoblanadi. Yarim himoyachi Portugaliyada Alissonning akasi bilan ham birga o'ynagan.

Alisson bilan gaplashib turamiz. U mendan gohida jamoamizning o'yiniga internet havolasini so'rab turardi. Norvegiyada o'ynayotgan kezlarimda, "Alisson bilan maydonda ro'baro' kelishingiz mumkinmi?" deb so'rashdi. Men esa "Mumkin, faqat biz mamlakat kubogi sohibiga aylanib, Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishmiz kerak, "Liverpul" esa biroz yomonroq natijalar qayd etishi va shu turnirda ishtirok etishi lozim, biroq buni istamayman", deb javob qaytardim.

Jonatan Lukka bo'sh vaqtini oilasi bilan o'tkazishni, shuningdek, tabiat qo'ynida sayr qilishni yaxshi ko'radi. Futbolchi jonivorlarni yoqtiradi, jumladan, otda sayr qilishni xush ko'radi. Hatto u sigir sog'ishni ham eplaydi.

VIDEO


"Men Messi yoki supermen emasman" — yoshi kichraytirilgani gumon qilingan, 16 yoshida termada debyut qilgan, Katanec qo'l ostida O'zbekistonni mag'lub etgan va Argentinaga qarshi o'yinda onasidan ayrilgan "Paxtakor"ning yangi legioneri bilan yaqindan tanishamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика