So’nggi yangiliklar

18:20"Барселона" Рэшфорднинг ҳуқуқларини сотиб олишга тайёр  0 17:57Про лига. "ФарДУ" сафарда "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлубиятга учратди  0 17:47Сергей Лушчан "Навбаҳор"ни тарк этдими?  6 17:40Экитике: "Ливерпуль" мен учун қанча тўлагани қизиқ эмас"  0 17:18Пеп Гвардиола: "Абдуқодир Ҳусанов жисмоний жиҳатдан айни кучга тўлган Кайл Уокерга ўхшайди"  2 16:52"Реал" Салибага қизиқишини сақлаб қолган  0 16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  1 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  2 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  2 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  13 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4

Bunyodkor ikki futbolchi bilan shartnoma tuzdi Yangiliklar

Bunyodkor ikki futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Bunyodkor safiga ikki nafar futbolchi qo'shildi.

O'tgan mavsumni «Qizilqum» jamoasida o'tkazgan, asli «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Sunnatilla Abdullajonov kichik tanaffusdan keyin yana «qaldirg'och»ga aylandi. Yarim himoyachi 2021 yilgi mavsumni «Bunyodkor» safida o'tkazadi. Umid qilamizki, tarbiyalanuvchimiz o'zining ajoyib o'yinlari bilan jamoamizning g'alabalariga ulkan hissa qo'shadi.

MA'LUMOT UCHUN
SUNNATILLA ABDULLAJONOV
Tug'ilgan sanasi:
22.10.1996 yil
Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri
«Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi
Ampluasi
: yarim himoyachi

Faoliyati
2013-2014 yillar «Bunyodkor-2»
2015 yil «Obod»
2016 yil AGMK
2017 yil «NBU-Osiyo»
2018 yil «Andijon»
2019 yil 1-davra «Bunyodkor-2»
2019-2020 yillar «Qizilqum»



SHuningdek, iqtidorli darvozabon Ravshan Yagudin ham 2021 yilgi mavsumni «Bunyodkor» libosida o'tkazadi. O'zining ishonchli harakatlari bilan murabbiylar shtabining etiboriga tushgan Ravshan yangi mavsumda golsiz o'yinlari orqali muxlislarning mehrini ham qozonadi, degan umiddamiz!

RAVSHAN YAGUDIN
Tug'ilgan sanasi
: 10.06.1996 yil
Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri
«CHig'atoy» maktabi tarbiyalanuvchisi
Ampluasi: darvozabon

Faoliyati

2014 yil «Kosonsoy»
2015 yil «Metallurg»
2016 yil «Lokomotiv-BFK»
2017 yil «UzDongJu»
2018 yil «Nurafshon»
2019 yil «SHerdor»
2020 yil «Oq-tepa»



Har ikkala futbolchining «Bunyodkor»dagi faoliyatiga omad tilab qolamiz!, - deb yozadi "Bunyodkor" klubi rasmiy sayti. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика