"Bunyodkor" hamda Toshkent viloyati futbol akademiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
04 noy 2022 17:05
Yangiliklar
"Bunyodkor" hamda Toshkent viloyati futbol akademiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
"So'nggi yillarda yurtimizning turli hududlarida "Bunyodkor" akademiyasining filiallari ochilgan edi. Endi Respublika miqyosidagi akademiya bilan hamkorlik o'rnatildi.
Bugun Toshkent viloyati futbol akademiyasi rasmiylari "Bunyodkor" futbol klubida mehmon bo'lishdi. Tadbirda "Bunyodkor" futbol klubi direktori Aziz Haydarov, "Bunyodkor" akademiyasi direktori Islom Ahmedov hamda Toshkent viloyati futbol akademiyasi direktori Albert Axmetgaleev ishtirok etdi.



Ikkala jamoa rasmiylarining uchrashuvidan asosiy maqsad barcha yo'nalishlarda o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish va buni hujjatlarda rasmiylashtirish edi. Rasmiylashtirilgan memorandumga ko'ra, endi "Bunyodkor" va Toshkent viloyati futbol akademiyasi yosh iqtidorlarni bir falsafa ostida tarbiyalash bo'yicha hamkorlik qiladi.
Albatta, bu hamkorlik yaqin kelajakda o'z samarasini berib, tarbiyalanuvchilarimiz o'zbek futboli kelajagiga aylanadi va terma jamoalarimizning etakchilariga aylanadi", – deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar