So’nggi yangiliklar

14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  3 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  3 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  14 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  10 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  7 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   29 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  19 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  2 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  3

"Bunyodkor" ham Saudiya Arabistonidan quruq qaytdi Yangiliklar

"Bunyodkor" ham Saudiya Arabistonidan quruq qaytdi

Teglar :  Al AhliBunyodkor
OCHL 1-turidan o'rin olgan "Al Ahli" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq mezbonlar jarima to'piga ega bo'lishdi. Al Somaning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. 12-daqiqada Michich qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, Umar Al Soma to'pni egallab jarima maydoni ichiga kirib borib zarba berdi, noaniq. Keyingi daqiqada hisob ochildi. Akrom Komilov to'pni darvozabonga oshirgandi biroq pas kuchsiz chiqdi va uni Al Soma egallab olib birga bir vaziyatda Zuhurovni ojiz qoldirdi - 1:0.

16-daqiqada SHomurodov o'ng qanotdan to'pni jarimaga uzatdi, Nurillo To'xtasinov darvozaga zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida. Oradan ikki daqiqa o'tgach Al Somaning navbatdagi zarbasini Zuhurov qaytardi.

33-daqiqada SHomurodov Hamdamovning pasidan so'ng zarba berdi, bu safar ham darvozabon to'pni qaytardi. 37-daqiqada To'xtasinovdan ajoyib pas, SHomurodov jarima maydoniga kirib borib darvozaga zarbab berdi, darvozabon yuzi bilan to'sdi. 39-daqiqada Dushan Michichning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasini Al Musaylim qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

Ikkinchi bo'lim boshida Rustamjon Ashurmatovning xatosidan so'ng Salmon Muvashar boshi bilan gol urdi - 2:0. SHundan keyin "Bunyodkor" azolarida juda ko'plab vaziyatlar bo'ldi, biroq ularning barchasini darvozabon qaytardi.

87-daqiqada jarima to'pidan CHemirtanning zarbasini posbon qaytardi, biroq takroriy zarba berilmadi. 89-daqiqada Akrom Komilov akrobatik tarzda zarba berdi, kuchsiz zarbani darvozabon ushlab oldi.


>>>MATNLI TRANSLYACIYA<<<


Osiyo CHempionlar ligasi-2017
"S" guruhi, 1-tur
"AL-AHLI" (Saudiya Arabistoni) - "BUNYODKOR" (O'zbekiston) 2:0
21 fevral. Jidda. "Sport Siti" stadioni. 22:15 (Toshkent vaqti)

Hakamlar: Ryuji Sato, Toru Sagara, Xiroshi Yamauchi, Araki Yusuke (barchasi - Yaponiya)
Hakamlar nazoratchisi: Adnan Ismoil Alhafi (Iordaniya)
Uchrashuv komissari: Song Xuang (Xitoy)

Gollar: Umar Al Soma 13, - 1:0. Salmon Muvashar 53, - 2:0.

"Al Ahli": 1.Yosir Al Musaylim, 7.Salman Muvashar, 8.Taysir Al Jassim, 9.Umar Al Soma (14.Muhannad Asiri, 90+3), 10.Yannis Fetfatcidis (47.Mustafo Al Bassas, 70), 13.Muhammad Abdulshafi, 23.Said Al Muvallad, 25.Mutaz Havsavi, 30.Said Rubaie, 45.Abdulfattoh Tavfiq (11.Hussayin Al Moqahvi, 77), 55.Saad Abdulamir
Zaxira: 66.Bosim Al Baqi, 4.Volid Bakshvn, 6.Muhammad Al Fatil, 31.Mansur Al Xarbi,
 
"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 7.Dushan Michich, 8.Javlon Ibrohimov, 9.SHahzodbek Nurmatov (11.Vadim CHemirtan, 55), 10.Eldor SHomurodov, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Nurillo To'xtasinov (97.Javohir Esonqulov, 71), 21.Dilshodbek Ahmadaliev, 29.Otabek SHukurov (16.Alisher Sanoev, 61)
Zaxira: 45.Dilshod Hamroev, 20.Sardorbek Aziomv, 22.SHohrux Gadoev, 30.Xurshid G'iyosov,

Ogohlantirishlar: Dilshodbek Ahmadaliev 65, Mustafo Al Bassas 82, Javlon Ibrohimov 90+1


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика