Elit OCHL. "Al Duhayl" va "Chengdu Rongcheng" pley-offda g'alaba qozonishdi
13 avg 14:21
Yangiliklar


Elit OCHL. "Al Duhayl" va "Chengdu Rongcheng" pley-offda g'alaba qozonishdi
G'arb mintaqasida Qatarning "Al Duhayl" klubi Eronning "Sepaxon" klubini 3:2 hisobida mag'lub etdi va liga bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Sharqda Xitoyning "Chengdu Rongcheng" klubi o'z maydonida Tailandning "Bangkok Yunayted" jamoasini 3:0 hisobida taslim qildi.
Elit OCHL, pley-off bosqichi
"Al Duhayl" - "Sepaxon" 3:2
Gollar: Ibrahima Bamba 11, Odil Boulbina 24, Kshishtof Pyontek 33 - Xazbavi 3, Zakipur 90+3.
"Chengdu Rongcheng" - "Bangkok Yunayted" 3:0
Gollar: Yang Mingyang 68, Felipe de Souza 71, 83.
Liga bosqichiga 15 avgust kuni qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Shunday qilib, yangi mavmu Elit OCHL liga bosqichida quyidagi klublar ishtirok etishadi:
G'ARB MINTAQASI:
"Al Ahli" (S.Arabistoni)
"Al Hilol" (S.Arabistoni)
"Al Ittihod" (S.Arabistoni)
"Al Duhayl" (Qatar)
"Al Garafa" (Qatar)
"Al Sadd" (Qatar)
"Al Shorta" (Iroq)
"NASAF" (O'ZBEKISTON)
"Al Vahda" (BAA)
"Shabab Al Ahli" (BAA)
"Sharja" (BAA)
"Traktor" (Eron)
SHARQ MINTAQASI:
"Shanxay Port" (Xitoy)
"Shanxay Shenxua" (Xitoy)
"Chengdu Rongcheng" (Xitoy)
"Seul" (J.Koreya)
"Kanvon" (J.Koreya)
"Ulsan XD" (J.Koreya)
"Machida Zelvia" (Yaponiya)
"Sanfrechche Xirosima" (Yaponiya)
"Vissel Kobe" (Yaponiya)
"Buriram Yunayted" (Tailand)
"Joxor Darul Tazim" (Malayziya)
"Melburn Siti" (Avstraliya)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar