So’nggi yangiliklar

09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  0 08:50Ўртоқлик учрашувлари. "Тоттенхем" "Нюкасл" билан, "Аякс" эса "Монако" билан дуранг ўйнади. "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  0 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  6 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  12

“Bunyodkor” – “Buxoro” 3:1 "Mixed zone" Yangiliklar

“Bunyodkor” – “Buxoro” 3:1 "Mixed zone"

Kecha Toshkentning “Bunyodkor” klubi o'z uyida Buxoroning “Buxoro” jamoasini qabul qildi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

. Ushbu uchrashuvdan so'ng, ikkala jamoa futbolchilari o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. 


“Buxoro” futbolchisi Artyom Filiposyan

“Birinchi navbatda “Bunyodkor” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yindagi hisobni biz ochdik, “Bunyodkor” darvozamizga 3ta to'p kiritib g'alabani ilib ketdi. Himoyada yo'l qo'ygan xatolarimiz tufayli mag'lubiyatga uchradik, deyb o'ylayman. Bizda gol urish uchun bir qator imkoniyatlar bo'ldi, afsuski ulardan foydalana ololmadik. Bu futbol, mag'lubiyat bo'lib turadi. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Biz g'alaba qozonishimiz kerak edi. “Buxoro” jamoasi safarda “Bunyodkor”ni mag'lub etmagan edi. Birinchi bo'limning so'ngi daqiqalarida o'z darvozamizdan to'p olib chiqdik. Ikkinchi bo'limda yo'l qo'yilgan xatolar bizga qimmatga tushdi. To'g'risini aytsam, ushbu o'yinda bizga omad etishmadi. Jarima zarbasidan oshirib berilgan to'pga Bobir Omonov boshi bilan zarba berdi, afsuski to'p darvozaga kirishni istamadi. SHundan so'ng, qarshi hujumda o'z darvozamizdan to'p olib chiqdik. O'yin yaxshi bo'ldi, shunchaki omadimiz kelmadi”, - deydi Artyom Filiposyan


“Buxoro” futbolchisi Baxodir Nasimov 

“Bunyodkor” bilan bo'lgan o'yindagi mag'lubiyatga o'zimiz sababchi bo'ldik. O'zimizning xatolarimiz tufayli “Bunyodkor” g'alabani qo'lga kiritdi. O'zimiz yaratgan imkoniyatlarimizni golga aylantira olmadik. Sobiq jamoamga qarshi o'yin mien uchun qiyin bo'lmadi. superliga jamoalarining barchasi deyarli bir xil. Bizni maqsadimiz, faqat g'alaba qozonish edi. Futbolda yozilmagan qoydi bor. Sen urmasang senga urishadi”, - deydi Baxodir Nasimov.


“Bunyodkor” futbolchisi Filip Rayevac

“Buxoro” bilan bo'lgan uchrashuv qiyin bo'ldi. Asosiysi biz g'alaba qozondik. Biz jiddiy jamoa ekanligimizni namoyish eta oldik. Jamoaning ichki muhiti alo darajada. “Bunyodkor” jamoasi safida dastlabki golimni urdim. Bundan xursandman. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat aytaman”, - deydi Filip Rayevac



Akrom Komilov 

“Buxoro”ga qarshi uchrashuvda biz ko'proq hujumni amalga oshirdik. Lekin ularga qarshi qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Darvozamizga gol bo'lgan vaziyatda bitta futbolchini ayblay olmayman. O'z darvozamizdan gol o'tkazib yubordikmi, demak bunda barchani aybi bor. Himoyadan tezda qarshi hujumga o'tish bizning eng kuchli tarafimiz. Himoyada to'pni ko'proq ushlab turamiz va shoshilmasdan hujumga o'tamiz”, - deydi Akrom Komilov.


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика