So’nggi yangiliklar

11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  1 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  4 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  11 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  7 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  2 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  4 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  7 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  1 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  1

"Bunyodkor" bosh direktori: "Xavotir olish o'rinsiz, vahimaga asos yo'q" Yangiliklar

"Bunyodkor" bosh direktori: "Xavotir olish o'rinsiz, vahimaga asos yo'q"

Toshkent shahar Davlat mehnat inspekciyasi Toshkentning "Bunyodkor" klubi haqida malumot berdi.

Unda aytilishicha, "qaldirg'ochlar" tomonidan jami 393 nafar xodimlarga nisbatan oktyabr oyi uchun 1 mlrd 532 million 216 ming so'm miqdoridagi oylik maoshlari to'lab berilishi kechiktirilgan. Bu haqda jamoaning bosh direktori Ulug'bek Mirzaevning munosabati bilan qiziqdik.

"Bunyodkor"da moliyaviy muammolar yuzaga kelayotgani to'g'risida qator yangiliklar elon qilinyapti. Ularning nimaga asoslanayotganiga hayron qolyapmiz. CHunki vahima qilishga arzigulik holat emas. To'g'ri, xodimlarga oktyabr oyi uchun ish haqini to'lab berishimiz kerak. Lekin bu borada bosh homiy — "O'zbekneftgaz" AJ bilan birgalikda barcha say-harakatlar amalga oshirildi. Ayni paytda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni ketyapti. Tez orada barchaga oktyabr oyi uchun ish haqi tarqatiladi.

Biz uchun futbol mavsumi yakunlanganidan xabaringiz bor. Oxirgi o'yinlar uchun mukofot pullari ham imkon qadar tez beriladi. Aytishim mumkinki, vahima qiladigan hech narsa yo'q. Klubda barchasi joyida. O'zbekistondagi barcha jamoalar shunday kunlarni boshdan o'tkazishini bilamiz. Bizdan ham qiyinroq vaziyatda bo'lganlar bor. Biroq, faqat "Bunyodkor" jamoasi haqida bunday malumotlar tarqatilayotgani hayron qoldiryapti. Bu kimgadir kerakmi? Bilmadim. Barcha muxlislarga dadil aytishim mumkinki, bizda hech qanday muammolar yo'q. Yilni moliyaviy tomondan juda yaxshi tugatyapmiz. SHu tufayli "O'zbekneftgaz" AJga, uning raisi va klubimiz prezidenti Mehriddin Abdullaevga alohida minnatdorchilik bildiramiz. 

Barchasi yaxshi, jamoamiz kelasi mavsumga ham puxta tayyorgarlik ko'radi. Bu boradagi xavotirlar aslo o'rinsiz", — deydi "qaldirg'ochlar" bosh direktori U. Mirzaev.

Reyting: -17   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика