So’nggi yangiliklar

23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  14 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  5 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  1 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  2 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  6 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  96 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  17 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  2 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  3

“Bunyodkor” akkreditaciya jarayonini boshladi Yangiliklar

“Bunyodkor” akkreditaciya jarayonini boshladi

Teglar :  BunyodkorOCHL-2017
“Bunyodkor” FK matbuot xizmati jurnalistlarni Osiyo CHempionlar ligasi bahslari uchun akkreditaciyadan o'tkazish jarayonini boshladi.

Xabaringiz bor, “qaldirg'ochlar” 7 fevral kuni Qatarda “Al-Jaish” klubini penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratib, 2017 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

“Bunyodkor”ning uy uchrashuvlarida o'yindan oldingi va keyingi matbuot anjumanlari, ishlash uchun qulay qilib jihozlangan media-tribuna, bellashuvga oid materiallar tarqatiladigan va qalamkashlar ishiga muvofiq taminlangan matbuot markazi, bellashuv qatnashchilari bilan bevosita suhbat qurish joyi bo'lmish mikst-zona hamda darvozalar ortiga (suratkashlar uchun) o'tib borish huquqini beradigan ruxsatnoma kartochkalarini olish uchun jurnalistlardan arizalar 10 fevraldan 21 fevralga qadar qabul qilinadi.

Buning uchun ommaviy axborot vositalari xodimlari “Bunyodkor” FK matbuot xizmatiga o'z tashkilotlari rahbari nomidan akkreditaciyadan o'tkazish uchun xat, 3x4 hajmdagi fotosurat, pasportdan nusxa taqdim etishlari so'raladi. Xujjatlar “Bunyodkor” matbuot xizmatining media@fcbunyodkor.com elektron manzili orqali qabul qilinadi.

Qo'shimcha malumotlar uchun “Bunyodkor” FK matbuot xizmatiga murojaat etishingiz mumkin. Telefon: (+998 71) 230 40 59

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика