Bundesliga. Matchday
20 jan 2018 15:57
Yangiliklar
Bundesliga. Matchday
Kecha Berlindagi "Gerta" - "Borussiya" (1:1) uchrashuvi orqali 19-turga start berilgandi. Bugun turning qolgan oltita o'yini bo'lib o'tadi.
Eng etiborga moliq bahs "Xoffenxaym" hamda "Bayer" jamoalari o'rtasida kechadi. Turnir jadvalida deyarli yonma-yon ketayotgan bu ikki jamoalar faqat 3 ochko ilinjida maydonga tushishadi.
Yulian Nagelsmann va Xayko Xerlixx to'qnashuvida kimning qo'li baland keladi, degan savolga "Virsol Rein-Nekar Arena"da o'tadigan uchrashuv orqali javob olamiz.
Turnir jadvalida 2-o'rinda ketayotgan "Leypcig" bugun "Frayburg" mehmoniga aylanadi. Ralf Xazzenxyuttl boshqaruvidagi "bo'qalar" o'tgan turlarda juda muhim ochkolarni qo'ldan boy berishgandi. Ularning baxtiga kecha "Borussiya" Dortmund Berlinda ochko yo'qotdi. Bu degani, agarda ular bugun g'alaba qozongudek bo'lishsa, unda "buqalar" turnir jadvalida eng yaqin taqibchilari biri sanalgan "Borussiya"ni 4 ochkoga ortda qoldirishadi. Aksincha, "Leypcig" g'alaba qozona olmasa yoki mag'lubiyatga uchrasa, unda "SHalke"ni oldinga o'tkazib yuborish ehtimoli mavjud. SHuningdek, "Bayer" jamoasi ochko bo'yicha "Leypcig"ga etib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi esa "Augsburg" bilan kuch sinashadi. Diter Xekking va Manuel Baum o'rtasidagi duelda kim g'olib bo'lishini "Borussiya Park"dagi to'qnashuv hal qiladi.
Mario Gomes bilan o'z tarkibini qurollantirib olgan "SHtutgart" "Maync"ga safar uyushtiradi. O'z uyida engilmas sanaladigan "SHtutgart" joriy mavsumda mehmondagi o'yinlarda muvaffaqiyat qozona olmayapti. Bu safar ham eski tarix takrorlanadimi yoki Xannes Volf shogridlari noshux seriyaga barham berishadimi?
Ikkinchi davradagi ilk bahsda Dortmunddan muhim 1 ochko bilan qaytgan "bo'rilar" bu safar o'z uylarida "Ayntraxt" bilan to'qnash kelishadi.
Turnir jadvalining pastki o'rinlaridagi autsayder bahsida esa "Gamburg" "Kyoln"ni sinovdan o'tkazadi.
Wolfsburg Maximilian Arnold - 66' |
1. Bundesliga . 19-tur 20/01/2018, 18:30 3
:
1
Tugadi
|
Eintracht Frankfurt Sebastien Haller - 18', Timothy Chandler - 22', Luka Jovic - 85' |
Stadion: Volkswagen Arena, 24450 tomoshabin
Bosh hakam: Markus Schmidt
Mainz 05 Yoshinori Muto - 45', Yoshinori Muto - 54', Gerrit Holtmann - 64' |
1. Bundesliga . 19-tur 20/01/2018, 18:30 2
:
3
Tugadi
|
VfB Stuttgart Holger Badstuber - 19', Daniel Ginczek - 90' |
Stadion: Opel Arena, 25736 tomoshabin
Bosh hakam: Harm Osmers
Hoffenheim Adam Szalai - 86' |
1. Bundesliga . 19-tur 20/01/2018, 18:30 4
:
1
Tugadi
|
Bayer Leverkusen Leon Bailey - 43', Julian Baumgartlinger - 51', Lucas Alario - 70', Lucas Alario - 90' |
Stadion: Wirsol Rhein-Neckar-Arena, 28017 tomoshabin
Bosh hakam: Patrick Ittrich
Freiburg Janik Haberer - 72', Robin Koch - 76' |
1. Bundesliga . 19-tur 20/01/2018, 18:30 1
:
2
Tugadi
|
RB Leipzig Timo Werner - 66' |
Stadion: Schwarzwald-Stadion, 23700 tomoshabin
Bosh hakam: Benjamin Brand
Borussia Moenchengladbach Matthias Ginter - 10', Thorgan Hazard - 90' |
1. Bundesliga . 19-tur 20/01/2018, 18:30 0
:
2
Tugadi
|
Augsburg |
Stadion: Borussia-Park, 42016 tomoshabin
Bosh hakam: Bibiana Steinhaus
Hamburger SV |
1. Bundesliga . 19-tur 20/01/2018, 21:30 2
:
0
Tugadi
|
FC Koeln Simon Terodde - 27', Simon Terodde - 67' |
Stadion: Volksparkstadion, 52647 tomoshabin
Bosh hakam: Guido Winkmann
Fikrlar