So’nggi yangiliklar

15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  2 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  4 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   19 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  22 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1

Bundesliga. CHempionlik uchun kurashayotgan "Leypcig" o'z maydonida ikki ochko yo'qotdi (Batafsil sharh) Yangiliklar

Bundesliga. CHempionlik uchun kurashayotgan "Leypcig" o'z maydonida ikki ochko yo'qotdi (Batafsil sharh)

CHempionlik uchun kurash olib borayotgan Yulian Nagelsmann boshchiligidagi "Leypcig" karantindan keyingi dastlabki o'yinni o'z maydonida "Frayburg"ga qarshi o'tkazdi.

Ko'pchilik o'yindan oldin mezbonlarning g'alaba qozonishini taxmin qilgandi, boshqa har qanday natija deyarli sensaciyadek qabul qilinardi. Yakunda shunday ham bo'ldi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida Grifo burchakdan jarima maydoniga uzatdi va Gulde to'pni darvozaga yo'lladi - 0:1. "Frayburg"ning o'yindagi birinchi aniq zarbasi golga aylandi.

Keyingi daqiqalarda "Leypcig" hujumkorlikni oshirdi va hisobni tenglashtirish uchun bir qator imkoniyatlarga ega bo'ldi. 77-daqiqada Kamplning chap qanotdan uzatgan to'pini Poulsen barchadan baland sakrab boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 1:1.

Nagelsmann shogirdlari endi o'z-o'zidan g'alaba uchun harakat qila boshlashdi. Biroq hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Kristian SHrtayx boshchiligidagi "Frayburg" gol urdi! Standart vaziyatdan so'ng Gulachi darvozasi ikkinchi bor ishg'ol qilindi. Mehmonlar hatto golni va juda yaqin turgan g'alabani nishonlashga ham ulgurishdi. Biroq...vaziyatga VAR aralashdi va offsayd tufayli gol bekor qilindi.


Ushbu durangdan so'ng "Leypcig"ning ochkolari 51taga etdi. Bugun g'alaba qozongan "Dortmund" ulardan 3 ochkoga o'zib ketishdi, birozdan keyin o'ynaydigan "Myonxengladbax" hisobida hozircha 49 ochko bor. Agar Frankfurtda "Ayntraxt" mag'lub etilsa "Leypcig" to'rtinchi o'ringa tushishga majbur bo'ladi. "Frayburg" hisobidagi ochkolar 37taga etdi, ayni paytda jamoa 7-o'rinda.

"Leypcig" navbatdagi turni 24 may kuni safarda "Maync"ga qarshi o'tkazsa, "Frayburg" esa 23 mayda o'z maydonida "Verder"ni qabul qiladi.


Ushbu bahs haqida saytimiz jurnalisti SHahboz Beg'amov quyidagi fikrni bildirdi: "Karantin "Leypcig"ga yomon tasir etgani sezildi va "Frayburg" joriy mavsum "Leypcig" mag'lub etolmagan ikkinchi jamoaga aylandi. Birinchi davradagi bahsda ham "Augsburg" ishonchli o'ynagan va g'alabani tantana qilgandi. Kristian SHtrayx jozibador futbol taqdim etish bilan ovora. Evropa ligasi yo'llanmasiga loyiq jamoa tuzdi.


RB Leypcig – Frayburg 1:1 (0:1, 1:0)

«Red Bull Arena Leypcig»

Gollar: 0:1 – 34 Gulde, 1:1 – 77 Poulsen.

RB Leypcig – Gulachi, Mukiele (Lukman, 46), Klostermann, Xalstenberg, Anxelino, Nkunku (SHik, 81), Adams (Zabitcer, 69), Kampl, Laymer, Verner, Poulsen.

Frayburg – SHvolov, Kox, Gyunter, Xaync, SHmid (SHlotterbek, 90), SHallai (Xeler, 60), Xefler, Gulde, Grifo (Valdshmidt, 68), Linxart, Petersen (Xaberer, 68).

Ogohlantirishlar: SHallai (24).


Yulian Nagelsmann uchrashuvdan keyin o'z fikrlarini shu tariqa bildirdi. 





RB Leipzig

Yussuf Poulsen - 77'

1. Bundesliga . 26-tur

16/05/2020, 19:30

1
:
1
Tugadi

Freiburg

Manuel Gulde - 34'

Stadion: Red Bull Arena Leipzig, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Manuel Graefe

45'
90'
46'  Nordi Mukiele (Ademola Lookman)
69'  Tyler Adams (Marcel Sabitzer)
77'  Yussuf Poulsen
77'  Kevin Kampl
81'  Christopher Nkunku (Patrik Schick)
24'  Roland Sallai
34'  Manuel Gulde
34'  Vincenzo Grifo
61'  Roland Sallai (Lucas Hoeler)
68'  Nils Petersen (Janik Haberer)
68'  Vincenzo Grifo (Gian-Luca Waldschmidt)
90'  Jonathan Schmid (Nico Schlotterbeck)
90'  Robin Koch




Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика