Xavi Bundesligada ish boshlashi mumkin
02 sen 13:44
Yangiliklar
Xavi Bundesligada ish boshlashi mumkin
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes Erik ten Xag istefoga chiqarilganidan keyin "Bayer" bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri sanaladi.
45 yoshli mutaxassis Kataloniya klubini 2021 yilning noyabridan 2024 yilning iyunigacha boshqargan. Shu vaqt ichida u 2022/23 yilgi mavsumda La Ligada "Barselona"ni chempionlikka olib chiqishga va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Xavi Ispaniyada ishlashdan oldin Qatarning "Al Saad" jamoasida faoliyat yuritgan.
"Bayer" Bundesliganing yangi mavsumida 2 tur o'ynadi va bor-yo'g'i 1 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Jamoaning navbatdagi o'yini 12 sentyabr kuni bo'lib o'tadi – leverkuzenliklar o'z maydonida Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasini qabul qiladi.
Eslatib o'tamiz, Erik ten Xagning chetlatilishi Bundesliga tarixidagi eng tezi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar