So’nggi yangiliklar

21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  8 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  1 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  3 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   4 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  0 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  5 17:44УЕФА "Барселона"га рухсат берди  3 17:27"Гулистон" қайтмоқда. Жамоа иккинчи лигада чемпион бўлди  3 17:24Максим Шацких: “Мухлисларнинг қўллаб-қувватловини доимо ҳис қилиб турдим. Барчага раҳмат”  7 17:12Италиялик мутахассис: "Миллий терма жамоадаги имконият учун Фабио Каннаваро ва ЎФАга миннатдорчилик билдираман"  4 16:54"Барселона" 2005 йил "Бернабеу"даги тарихий ғалабага бағишланган 4-комплект формасини тақдим этди  6 16:05"Globe Soccer Awards" йилнинг энг яхши футболчиси номига даъвогарлар эълон қилинди — олти карра совриндор Роналду рўйхатдан жой олмади  22

Bunaqasi hali bo'lmagan: Sviridovning 4ta jamoasi finalda! Yangiliklar

Bunaqasi hali bo'lmagan: Sviridovning 4ta jamoasi finalda!

Teglar :  LLF
LLF tomonidan tashkil etilgan futzal bo'yicha havaskor jamoalar o'rtasidagi LLF Kubogi musobaqasi ertaga, 25 avgust kuni o'z nihoyasiga etadi.


O'tgan mavsumdagi kabi bu yil ham LLF Kubogi 16ta jamoa ishtirokida start oldi. Jamoalar to'rttadan to'rt guruhga bo'lindi.

A guruhi: PROGRESS, OLD SCHOOL, UZPSB, MEGA BO'STON.

B guruhi: GOV.RUK, VOSTOK, TShTT, UZDTV.

C guruhi: DO'STLIK, DHL, MYDEKLARANT, CENTRAL BETON.

D guruhi: KORZINKA, TTT, 21-MAKTAB, ERMAK.




Musobaqa formatiga ko'ra, guruh o'yinlari yakuniga etgach, 1-2 o'rinlar "Oltin Kubok", 3-4 o'rindagilar esa "Kumush Kubok" uchun yurishni davom ettiradigan bo'ldi.

Bunda chorak final va yarim final uchun alohida qura tashlash marosimi o'tkazildi. "Kumush Kubok"ning 1/4 final bahslarida quyidagi natijalar qayd etildi:

OLD SCHOOL - DO'STLIK 6:2
GOV.RUK - MEGA BO'STON 2:5
KORZINKA - CENTRAL BETON 4:2
21-MAKTAB - TShTT 3:5




"Oltin Kubok"ning chorak final natijalari esa quyidagicha bo'ldi:

PROGRESS - ERMAK 4:5
DHL - TTT +/-
UZPSB - UZDTV 2:2 (penaltilar 5:4)
MYDEKLARANT - VOSTOK 2:2 (penaltilar 2:3)

LLF "Kumush Kubok"ning yarim final bosqichida dastlab KORZINKA - OLD SCHOOL uchrashuvi bo'lib o'tdi va bunda KORZINKA jamoasi 5:4 hisobida zafar quchdi. MEGA BO'STON - TShTT bahsi esa 4:4 hisobida yakun topib, penaltilar seriyasida 5:4 natijasi bilan TShTT jamoasining qo'li baland keldi.




LLF "Oltin Kubok"ning yarim final uchrashuvlari ham qizg'in kechdi. Aytish mumkinki, bu bosqichda havaskorlar o'rtasidagi eng kuchli jamoalar o'zaro bahs olib bordi. DHL - ERMAK o'yinida hisob ochilmadi va penaltilar seriyasida ERMAK 4:3 hisobida zafar quchib, finalga yo'l oldi. 1/2 finalning ikkinchi uchrashuvi VOSTOK va UZPSB o'rtasida kechib, bunda UZPSB 4:2 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.



Aytib o'tganimizdek, ertaga "Paxtakor-Yoshlik" zalida ikkita final o'yini bo'lib o'tadi. Dastlab 12:30da KORZINKA va TShTT "Kumush Kubok" uchun maydonga tushsa, soat 13:30dan boshlab "Oltin Kubok" uchun bahs boshlanadi va bunda ERMAK va UZPSB o'zaro kuch sinashadi.

Yana bir malumot shuki, finalga chiqqan har to'rtta jamoa bosh murabbiyi Konstantin Sviridov hisoblanadi. O'z paytining mohir futzalchisi, milliy terma jamoada o'ynagan Sviridov murabbiylik faoliyatida ham sekin-asta cho'qqilarni zabt etmoqda. Ertangi o'yinlardan keyin qaysidir jamoa kubokni ko'taradi, kimdir mag'lub bo'ladi, lekin shunisi aniq - Sviridov yutqazmaydi.




Darvoqe, har ikki final yakuniga etganidan so'ng taqdirlash marosimi o'tkaziladi. Bunda g'oliblarga kubok topshirilishidan oldin har ikki kubokning "Eng yaxshi darvozaboni" va "Eng yaxshi futzalchisi" aniqlanadi. Futbol va futzal muxlislarini 25 avgust kuni "Paxtakor-Yoshlik" sport majmuasiga taklif etib qolamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика