BUM! Ronaldu YouTube'da kanal ochdi va rekord qo'ydi
21 avg 2024 21:06
Yangiliklar
BUM! Ronaldu YouTube'da kanal ochdi va rekord qo'ydi
Etiborlisi, u 1 million kishini platformada eng tez yiqqan shaxs sifatida tarixdan joy oldi. Bu uchun unga 1 soat etarli bo'ldi. Avvalgi rekord K-Pop qo'shiqchisi Jenni Kimga tegishli bo'lib, u o'zining bir millioninchi obunachisiga ega bo'lish uchun 7 soat vaqt sarflagan.
Ronalduning kanali iyul oyida ro'yxatdan o'tgan, biroq birinchi video chorshanba kuni chop etilgan.
"Kutishga barham beramiz! Nihoyat, mening YouTube kanalim bor! Obuna bo'ling va bu yangi sayohatda menga qo'shiling", – deb yozdi Krishtianu ijtimoiy tarmoqlarda.
Ronaldu besh karra “Oltin to'p" sohibi, besh karra CHempionlar Ligasi g'olibi sanaladi. SHuningdek, u Portugaliya terma jamoasi bilan birgalikda Evropa chempionati (2016) va Millatlar Ligasi (2018/19) musobaqalarida zafar quchgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar