So’nggi yangiliklar

13:02"Ливерпуль" "Кристал Пэлас" етакчисини сотиб олмоқчи  0 12:39"Барселона" Фатини қандай ҳолатда ижарага бериши аниқ бўлди  0 12:12Ўзбекистонда кимга "Олтин тўп" топширилди?   4 11:51Ўзбекистон U-15 терма жамоаси финалда Туркияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлди  0 11:25Левандовски "Барселона" билан шартномасини узайтириш учун нима қилиши кераклиги маълум  1 10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  2 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  6 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  34 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  8 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0

Superliga. Bugungi uchrashuvlarda kimning imkoniyati yuqori? Yangiliklar

Superliga. Bugungi uchrashuvlarda kimning imkoniyati yuqori?

Bugun superliganing 4-tur qolgan uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Ushbu turda Toshkentning “Paxtakor” jamoasi o'z uyida “Neftchi” jamoasini qabul qilsa “Lokomotiv” Olmaliqda AGMK mehmoni bo'ladi. “Navbahor” esa safarda “Qo'qon-1912” jamoasi bilan bahs olib boradi Ushbu uchrashuvlar oldidan jamoalarning imkoniyatlarini hisoblab chiqamiz. 


AGMK – “Lokomotiv”

OKMK

Vladimir Bubanya - 5'

Superliga. 4-tur

31/03/2018, 18:00

0
:
1
Tugadi

Lokomotiv

45'
90'
5'  Vladimir Bubanya
26'  Xurshidbek Muxtorov
55'  G’ulomhaydar G’ulomov
62'  Shohnazar Norbekov
70'  Vadim CHemirtan (Zafar Polvonov)
74'  Lutfulla To’rayev (Dilshod Jo’rayev)
85'  Shohnazar Norbekov (Abdumalik Abdullayev)
90'  Abduqahhor Xozhiakbarov
54'  Islom Tuxtaxo’jayev
72'  Husniddin G’ofurov (Diyor Turopov)
80'  Nivaldo (Azizbek Amonov)
80'  Marat Bikmayev
88'  Sardor Mirzayev (Sardor Rashidov)
90'  Ikrom Aliboyev

Bugun Olmaliq shahrida AGMK poytaxtning “Lokomotiv” jamoasini qabul qiladi. Uchta turda AGMK bor yo'g'i 1 ochkoni qo'lga kiritdi va turnir jadvalida deyarli so'nggi pog'onada turibdi. “Lokomotiv” esa o'tkazilgan uchta turda 4 ochko bilan ettinchi pog'onada bormoqda. Ushbu raqiblar o'zaro 18 marotaba to'qnash kelishgan. 12ta uchrashuvda “temiryo'lchilar” g'alaba qozongan bo'lsa 3ta o'yinda AGMKni qo'li baland kelgan. Qolgan uchta bahsda esa tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. Statistikaga qaraydigan bo'lsak “Lokomotiv” yaqqol ustunlik qilmoqda. Ushbu uchrashuvda “temiryo'lchilar” yaqqol favorit, deb aytish mumkin. Tarkib borasida ham “Lokomotiv” AGMKdan ancha qimmat turadi. AGMK bundan avvalgi turda “Paxtakor” mehmoni bo'lib kichik hisobda mag'lubiyatga uchragandi. Bugun “konchilar” muxlislar ko'z o'ngida o'yin o'tkazadi. SHuning uchun ham bugun AGMK g'alaba qozonishi kerak. Agarda g'alaba qozona olmasa AGMKning superligadagi ishi biroz qiyinlashadi. “Lokomotiv” ham safardan shunchaki quruq qo'l bilan qaytishni istamaydi. Poytaxtliklar hech bo'lmaganda durang natija qayd etishga urinishadi. Bugungi bahsda ko'proq “Lokomotiv” jamoasining imkoniyati ko'proq, deb o'ylayman. 

30/30/40



“Paxtakor” – “Neftchi”

Paxtakor

Marko Simich - 47', Jaloliddin Masharipov - 63'

Superliga. 4-tur

31/03/2018, 20:00

0
:
3
Tugadi

Neftchi

Abduzhamol Isroilov - 45'

45'
90'
21'  Akmal Shorahmedov
47'  Marko Simich
47'  Jaloliddin Masharipov
63'  Jaloliddin Masharipov
63'  Ismoil Gonsalvesh
65'  Akmal Shorahmedov (Farrux Sayfiev)
84'  Azim Ahmedov (Dilshod Rahmatullayev)
86'  Tiago Bezerra (Jamshid Iskanderov)
89'  ZHasur YAxshiboev
19'  Doston Tursunov
45'  Abduzhamol Isroilov
46'  Iskandar SHaykulov (Jalil Kimsanov)
54'  Otabek Ahmadzhonov (Abdumavlon Abdujalilov)
76'  Sunnat Irmatov (Elyor Mamasoliyev)

Bugun muxlislar yana bir qiziqarli uchrashuvni guvohi bo'lishadi. Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida ikki azaliy raqiblar “Paxtakor” hamda “Neftchi” o'zaro bahs olib boradi. Ushbu jamoalar azaldan chempionlik uchun kurashib kelishgan. “Paxtakor” va “Neftchi” jamoalari o'zaro 52 marotaba to'qnash kelishgan. SHulardan 24ta uchrashuvda “sherlar” g'alaba qozongan bo'lsa, 20 o'yinda “Neftchi” g'olib bo'lgan. Qolgan 8 uchrashuvda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. Bu shunchaki statistika, bugungi o'yinda kim g'alaba qozonishini oldindan bilib bo'lmaydi. “Neftchi” jamoasi superliga bahslarida birorta ham to'p kiritmagan. Bugun farg'onaliklar gol ura oladimi? Hech bir jamoa o'z darvozasidan to'p olib chiqishni istamaydi. SHuning uchun ham ushbu bahsda ikkala jamoaga qiyin bo'lishi aniq. “Neftchi” ham “Paxtakor" ham g'alaba qozonish uchun maydonga chiqadi. Ushbu bahsda ikkala jamoaning ham imkoniyati deyarli teng. 

30/40/30



“Qo'qon-1912” – “Navbahor”

Qo’qon-1912

Superliga. 4-tur

31/03/2018, 18:00

0
:
1
Tugadi

Navbahor

Tomislav Payovich - 76'

45'
90'
46'  Igor Taran (Quvondiq Ro'ziev)
46'  Jamshid Hasanov (Muhammadanas Hasanov)
73'  Suhrob Berdiyev (Nosirbek Otaqo’ziyev)
90'  G'iyos Komilov
54'  Jahongir Mehmonov
72'  Nenad Inyac (Ayubxon Nomanov)
76'  Tomislav Payovich
77'  Jahongir Mehmonov (Sardor Sulaymonov)
79'  Oston O'runov (Azamat Allaniyozov)
86'  Davron Hoshimov

Turning yana bir qiziqarli o'yini Farg'onaning Qo'qon shahrida bo'lib o'tadi. “Qo'qon-1912” jamoasi o'z uyida Namanganning “Navbahor” klubini qabul qiladi. Jamoalar o'zaro 24 marotaba to'qnash kelishgan. O'tkazilgan 24 uchrashuvning beshtasida “Qo'qon-1912” jamoasi g'alaba qozongan. 15 uchrashuvda esa “lochinlar” g'alaba qozongan. 4ta o'yinda durang natija qayd etilgan. Bu borada “Navbahor” ustunlik qilmoqda. Bu shunchaki statistika, bugun kim g'alaba qozongani uchrashuvdan so'ng malum bo'ladi. “Navbahor” jamoasi bu yil ancha shiddatli o'yin ko'rsatmoqda. Bundan avvalgi turda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini o'z uyida mag'lubiyatga uchratgandi. “Qo'qon-1912” esa safarda kichik hisobda mag'lub bo'lgan. Bugun ikkala jamoa uchun ham qiyin o'yin bo'lishi aniq. Muxlislar Qo'qonda shiddatlik, kurashlarga boy futbol guvohi bo'lishadi. Ushbu bahsda durang natija qayd etilishi ehtimoldan holi emas. Bu o'yinda ikkala jamoaning ham imkoniyatlari deyarli teng. 

30/40/30 

Muallif :
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика