So’nggi yangiliklar

18:58"Ливерпуль" 35 млн. еврога сотиб олган ҳимоячи бу йил бошқа майдонга туша олмайди  0 18:36Футзал. Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳси учун таркиблар маълум бўлди  3 18:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 3:2  1 17:51ФИФАда ЖЧ-2030ни 64 та жамоагача кенгайтириш масаласи кўриб чиқилди  11 17:28Жиру Дембеле ҳақида: "Терма жамоада у "Олтин тўп" эгаси бўлиши мумкин деб ўйламаганман"  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   7 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  3 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  18 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  5 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  9 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  1 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0

Bugungi "Manchester Yunayted"ning "motori" Italiyadan "chiqqan" Yangiliklar

Bugungi "Manchester Yunayted"ning "motori" Italiyadan "chiqqan"

Tunda Brunu Fernandesh yana Italiyaga qaytdi va bevosita samarali harakatlarni amalga oshirmagan bo'lsa-da, muhim uchrashuvda to'liq o'ynadi va jamoasi keyingi bosqichga chiqishida katta yordam berdi.

Umuman olganda, bugungi "Manchester Yunayted" Brunu Fernandesh maydondaligida va u yo'qligida bir-biridan keskin farq qiluvchi ikki xil jamoaga aylanadi. Bugun Fernandeshni "qizil iblislar" muxlislari yaxshi ko'rishadi va olqishlashadi. Angliya yashil maydonlariga yarim himoyachi ona yurti Portugaliyadan kelgani hech kimga sir emas. Lekin yaqin o'tmishda u A Seriyada harakat qilganini faqatgina ashaddiy muxlislar bilsa ajab emas. 

18 yoshli portugaliyalik iqtidor Italiyadagi safarini B Seriya vakili "Novara" safidagi yorqin o'yinlari bilan boshladi, biroq elitadagi to'rt yil o'ta omadli bo'lgan deb bo'lmaydi. Umumiy hisobda "Udineze" va "Sampdoriya" safida Brunu 119 uchrashuv (79 tasi asosiy tarkibda) o'tkazdi va 15ta gol urib, 13 bor samarali uzatma etkazdi. Yomon emas, lekin uning "Sporting" va "Manchester Yunayted"dagi statistikasi oldida hech nima emas.

Futbol olamida "Sporting" va "Manchester"dagi harakatlari bilan nom chiqargan bo'lsa-da, Fernandesh aynan Italiyada kuchli futbolchi sifatida shakllangan va katta futboldagi yo'liga "tamal toshi"ni qo'ygan. 

Brununing Italiya va A Seriya bilan bog'liq ko'plab xotiralari borligini uning so'zlaridan ham bilish qiyin emas.

"Men juda omadliman, chunki men Antonio Di Natale va Fabio Kvalyarella kabi futbolchilar bilan birga to'p tepganman. Aynan ular sababli men bugungidek zarba bera olaman. Bu yigitlar boshqa hech kim gol ura olmagan nuqtalardan ham to'p kiritishni uddalashgan. Di Natale menga katta yordam bergan — maydonda to'g'ri harakatlanishni o'rgatgan. Uning maslahatlariga amal qila boshlaganimdan keyin futbol o'ynash yanada osonlashgan".

"Marko Jampaoloning o'ziga xos uslubi mavjud. Futbolchilar 100%ga sinxron harakatlanishlari va murabbiy ulardan nima istayotganini aniq tushunishlari zarur. Italiyada "trekvartistaga" butun Evropadagidanda qiyinroq. Jampaoloning ko'rsatmalarini to'liq bajarish uchun men butun maydon bo'ylab harakatlanishga majbur bo'lardim".

"Franchesko Gvidolin — men uchun maestro. Agar bizning hamkorligimiz ko'proq bo'lganida, faoliyatim butkul boshqacha bo'lishi mumkin edi. U men uchun juda ko'p yaxshiliklar qilgan va undan umrbod minnatdorman. Franchesko yordami bilan men futbol top darajada o'ynaladigan mamlakatda o'zimni yo'qotib qo'ymadim hamda futbolchi sifatida rivojlanishga erishdim".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика