So’nggi yangiliklar

09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  0 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  1 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  2 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  13 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  9 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  86 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6

Bugun “Mashal” va “Nasaf” o'zaro bahslashadi Yangiliklar

Bugun “Mashal” va “Nasaf” o'zaro bahslashadi

Teglar :  MashalNasaf
Bugun Muborakda Qashqadaryo vohasining ikki etakchi klubi o'zaro bahs yuritadi. Futbol ishqibozlari voha derbisi guvohi bo'lishadi.

O'zPFL 26-tur
“Mashal” (Muborak) – “Nasaf” (Qarshi)
26.10.2017. “B.Vafoev” stadioni. 16:00da
Bosh hakam:
Ilgiz Tantashev (Buxoro)
Qanot hakamlari: Husniddin SHodmonov (Buxoro), Abdurahmon Qo'ldoshev (Buxoro),
Zaxira hakami: Firdavs Norsafarov (Qarshi).
Nazoratchi: Sardar Najafaliev (Toshkent).
PFL vakili: Bobur Xaydarov.


 
Ushbu jamoalar bir viloyatdan bo'lishsa ham, principial raqiblar hisoblanishadi. “Nasaf”ning Muborakdagi so'nggi g'alabasiga ham 12 yil bo'lgan. “Mashal” jamoasi turnir jadvalida qanday o'rinda bormasin, Muborakda jamoamizga qarshi astoydil kurash olib borgan.

Bugun ham shunday principial bahsning guvohi bo'lishimizga, shubha yo'q.

Keling, yana bir marta bu jamoalar o'rtasidagi bahslar tarixiga nazar tashlaymiz.

O'zaro o'tkazilgan 29ta o'yinning 15 tasida "ajdarlar" zafar quchgan bo'lsa, “Mashal" 8 bor g'alaba qozongan. Qolgan 6ta bahsda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. Etiborli jihati, barcha durang natijalar Muborakda qayd etilgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham mos ravishda “Nasaf” futbolchilari ustunlik qilishmoqda: 47-27.

Mazkur jamoalar Muborakda shu paytgacha o'zaro 14 marta kuch sinashishgan. SHularning 2tasida “Nasaf” g'alabaga erishgan, xolos. 6 uchrashuvda durang va yana 6 uchrashuvda mag'lub bo'lganmiz. Muborakdagi o'zaro uchrashuvlarda darvozalarga  jami 30ta gol kiritilgan. To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik “Mashal” tomonida – 17:13.

Balki, bugun “Nasaf” Muborakdagi o'n ikki yillik “qora anana”ga barham berar? Buni o'yindan keyin bilib olamiz.

Demak, bugun futbol ishqibozlari yana bir qiziqarli uchrashuvga guvoh bo'lishadi. Futbol, o'z atamasi bilan futbol. Futbol shunisi bilan qiziqki, unda kutilmagan hisob va hayajonga boy voqealar bo'ladi. Bundan faqat ishqibozlar yutishadi.

SHunday ekan qiziqarli uchrashuvni o'tkazib yubormang. Muborakdagi “Bahrom Vafoev”stadioniga tashrif buyuring!

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика