So’nggi yangiliklar

11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  36 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  8 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  4 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  3

Bugun Islandiya o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga chiqishi mumkin Yangiliklar

Bugun Islandiya o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga chiqishi mumkin

Teglar :  EvropaJCH-2018
Bugun Evropa qitasida 2018 yilgi Jahon chempionati uchun saralash bahslari davom ettiriladi.

Serbiya

Serblar guruhda birinchi o'rindalar, shu bois bugun Gruziya mag'lub etilsa yo'llanmani naqd qilishadi. Serbiya quyidagi holatlarda ham birinchi o'rinni saqlab qoladi:

- Serbiya - Gruziya va Uels - Irlandiya uchrashuvlarida durang qayd etilsa

- Serbiya Gruziya bilan durang o'ynasa, Irlandiya esa Uelsni 4 yoki undan ko'p gol farqi bilan yutmasa.

Uels

Beyl jamoadoshlari shunday holatlarda birinchi o'ringa chiqishadi:

- Irlandiya mag'lub etilsa va Serbiya Gruziya bilan uchrashuvda ochko yo'qotsa

- Irlandiya bilan durang qayd etilsa va serblar Gruziyaga 2 va undan ko'p gol farqi bilan yutqazsa

Irlandiya

Ayni paytda guruhda uchinchi o'rinda borayotgan Irlandiya bugun yo'llanmaga ega chiqishi uchun quyidagi holatlar yuz berishi kerak:

- Uelsni mag'lub etsa va Serbiya o'z uyida Gruziyaga yutqazsa

- Uelsni 5 va undan ko'p gol farqi bilan mag'lub etsa va Serbiya Gruziya bilan durang o'ynasa

Evropa. "D" guruhi
Moldova – Avstriya. 23.45
Serbiya – Gruziya. 23.45
Uels – Irlandiya. 23.45



Islandiya


Islandlar o'z maydonida Kosovoni mag'lub etishsa tarixida ilk bor Jahon chempionatiga chiqishadi. Islandiya xatto durang va mag'lubiyat ham birinchi o'rinda qolishi mumkin. Buning uchun Ukraina - Xorvatiya uchrashuvida durang qayd etilishi lozim.

Xorvatiya

Luka Modrich va sheriklari guruhda birinchi bo'lishlari uchun: Ukrainani mag'lub etishi va Islandiya o'z uyida Kosovo bilan bahsda ochko yo'qotishi kerak bo'ladi.

Ukraina

SHevchenko shogirdlari yo'llanmaga ega bo'lishlari uchun bugun Xorvatiyani mag'lub etishlari va Islandiya g'alaba qozona olmasligi kerak. Agar Islandiya Kosovoga yutqazsa Ukraina istalgan hisobdagi g'alaba qoniqtiradi, agar Islandiya durang o'ynasa Ukraina Xorvatiyani 2 to'p farqi bilan mag'lub etishi kerak bo'ladi.


Evropa. "I" guruhi
Finlyandiya – Turciya. 23.45
Islandiya – Kosovo. 23.45
Ukraina – Xorvatiya. 23.45


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика