So’nggi yangiliklar

19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  0 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  4 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  7 18:28Про лига. Икки киши майдондан четлатилган ўйинда "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  0 18:15Скоулз МЮнинг ёзги трансфер кампаниясини қоралади  2 17:48Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади  13 17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  16 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  2 15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  9 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  3 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  3 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  11 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  20

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Surxon" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Surxon"

Bugun Coca Cola Superligasining 6-tur bahslariga start beriladi.

O'z maydonida avvalgi uchta o'yinni ketma-ket g'alaba bilan yakunlagan "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Surxon"ni qabul qiladi. "Qo'qon-1912" jamoasi turnir jadvalida 9 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi. "Surxon" hisobida esa 4 ochko bor va bu jamoa 11-pog'onada boryapti. 

Aytib o'tganimizdek, "Qo'qon-1912" bungacha o'tkazilgan beshta turdan uchtasida g'alaba qozondi va uchala g'alaba ham uydagi o'yinlarda qo'lga kiritildi. Bugungi bahs Qo'qondagi to'rtinchisi bo'ladi. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari uyda navbati bilan "Buxoro"ni 3:0, "So'g'diyona"ni 2:1 va "Qizilqum"ni 4:0 hisobida mag'lub etishdi. Lekin jamoaning safar o'yinlarida omadi kelmayapti: ikkita mag'lubiyat. 

"Surxon" hisobida hozircha bitta g'alaba bor, u ham Navoiyda "Qizilqum" ustidan 2:1 hisobida qo'lga kiritilgan. Jamoa oxirgi uchta turda bir bor durang o'ynab, ikki marta mag'lub bo'ldi. Bugungi o'yin termizliklar uchun safardagi uchinchi bahs bo'ladi. Jamoa o'tgan tur Olmaliqda AGMK mehmoni bo'lib kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. 

Bugungi qarama-qarshilikda "Qo'qon-1912"ning imkoniyati birmuncha yuqori ko'rinyapti. Jamoa birinchidan o'z maydonida o'ynaydi. Ikkinchidan "Qo'qon-1912" uy bahslarida juda ishonchli o'yin ko'rsatib kelyapti. O'z navbatida "Surxon"gayam uch ochko kerak, bu esa uchrashuv qiziqarli kechishidan darak beryapti. 

P.S. Soat 18:15da boshlanadigan uchrashuvni "Sport" telekanalida to'g'ridan to'g'ri kuzatib boring.

Qo’qon-1912

Filip Rayevac - 50', Murod Xolmuhamedov - 70', Suhrob Berdiyev - 90'

Superliga. 6-tur

25/06/2020, 18:15

0
:
3
Tugadi

Surxon

45'
90'
50'  Filip Rayevac
70'  Murod Xolmuhamedov
71'  Filip Rayevac (Iqbol Malikzhonov)
79'  Shohnazar Norbekov (Hamidullo Abduhamidov)
88'  Quvondiq Ro'ziev (YAkuba Bamba)
88'  Sobit Sindarov (Avazxon Mamatxo’jaev)
90'  Hamidullo Abduhamidov
90'  Suhrob Berdiyev
29'  Vladimir Bubanya
39'  Asror G'ofurov
45'  Abduqahhor Xozhiakbarov
68'  Husniddin G’ofurov (A’zam Aliyev)
68'  Nuriddin Hasanov (Sherzod Karimov)
69'  Asilbek Amonov
82'  SHavkat Salomov (Sardor Sulaymonov)
82'  Aleksandr Kasyan (Muhammadali Abdurahmonov )
90'  Sardor Sulaymonov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика