So’nggi yangiliklar

08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  0 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   4 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  0 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  14 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  31 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  419 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  5 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  9

Bugun futbol. "Qizilqum" - AGMK Yangiliklar

Bugun futbol. "Qizilqum" - AGMK

Ikki yarim oylik tanaffusdan so'ng bugun Coca Cola Superligasining 4-tur bahslariga start beriladi.

Navoiyda Olmaliq shahrining AGMK klubi "Qizilqum" mehmoni bo'ladi. Musobaqa jadvalida "Qizilqum" atigi bir ochko bilan 12-o'rinda boryapti. AGMK hisobida esa 5 ochko bor va 6-pog'onani egallab turibdi. 

"Qizilqum" uchun bu yilgi mavsum omadsiz boshlandi. Jamoa uchta o'yin o'tkazib hali g'alaba qozongani yo'q. Avvaliga klubga Aleksandr Xomyakov bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilgandi, biroq voqealar rivoji o'zgarib Tachmurod Agamurodov jamoani qabul qilib oldi. Bugun navoiyliklar turkmanistonlik mutaxassis qo'l ostida dastlabki o'yinni o'tkazishadi. 

Superligani o'z maydonida "Nasaf"ga qarshi bahs bilan boshlagan "Qizilqum" dastlabki turda 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Jamoa ikkinchi uchrashuvni ham o'z o'yingohida o'tkazib bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi. Hartugul 3-turga kelib navoiyliklar Muborakda "Mashal" bilan 1:1 natijasini qayd etishdi. 

"Qizilqum"dan farqli o'laroq AGMK mavsumni ketma-ket ikkita durang bilan boshladi. Jamoa uyda "Metallurg", safarda "So'g'diyona" bilan kechgan kechgan bahslarda bir ochkoli bo'ldi. Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi jamoa 3-turga kelib ilk g'alabasini nishonladi. Olmaliqda "Bunyodkor" 2:0 hisobida mag'lub etildi. 

AGMK bugungi raqibiga nisbatan birmuncha shakllangandek tasavvur uyg'otmoqda. Har holda Mirjalol Qosimovning jamoada ish boshlaganiga ancha bo'ldi. Tachmurod SHamakovich esa yaqinda "Qizilqum"ni qabul qilib olgani bois jamoa o'z o'yinini topib ketishi uchun baribir vaqt kerak bo'ladi. "Qizilqum"ning bugungi qarama-qarshilikda ustun jihati o'z maydonida to'p tepishi deya olamiz. 

P/S. Soat 20:00da boshlanadigan o'yinni "Mahalla" telekanali orqali to'g'ridan to'g'ri kuzatib boring.

Qizilqum

Superliga. 4-tur

13/06/2020, 20:00

1
:
0
Tugadi

OKMK

Elguzha Grigalashvili - 66'

45'
90'
24'  Sherali Jo’rayev
64'  Makkartni Navaseb (Doston Ibragimov)
72'  Abdi Bashimov
90'  Alisher Sanayev
29'  Igor Zonich
41'  Erkin Baydullaev
44'  Sardor Rahmonov
60'  Roman Abdulov (Zafar Polvonov)
60'  Erkin Baydullaev (Murodjon Toshmatov)
66'  Elguzha Grigalashvili
78'  Bahrom Abdurahimov (Mirjamol Qosimov)
78'  Sanjar Tursunov (Dilshod Jo’rayev)
87'  Xojimat Erkinov (Elguzha Grigalashvili)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика