So’nggi yangiliklar

16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  0 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  0 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  5 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   242 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  4 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  5 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  19 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  20 12:12Насри "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "Мен бу ерда 11 метрлик жарима тўпини кўрмаяпман. Агар ҳакам Карвахалнинг қизил карточкасини қоплаш учун буни берган бўлса, унда қизил карточка кўрсатишнинг кераги йўқ эди"  14 11:56Осиё кубоги-2026 саралаш баҳслари бошланмоқда  1 10:55Моуринью мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  5 10:42ОЧЛ-2. "Андижон"нинг рақибида жамоани ким бошқаради?  6 10:26"Атлетик" бош мураббийи: "Агар "Арсенал" Ла Лигада ўйнаганида, қаторасига 10 марта чемпион бўларди"  45

Bugun futbol. "Paxtakor" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Paxtakor" - "Bunyodkor"

Bugun Superliganing 13-tur bahslariga start beriladi. "Paxtakor" o'z maydonida "Bunyodkor" bilan kuch sinashadi. Hech shubhasiz bu uchrashuvga turning markaziy bahsi sifatida qaralmoqda.

Turnir jadvalida har ikkala jamoa yonma-yon o'rinlarda bormoqda. "Paxtakor" 26 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turgan bo'lsa, "Bunyodkor" 25 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinni band etib turibdi.

Esingizda bo'lsa, "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tgan birinchi o'yinda maydon egalari 1:0 hisobida g'alaba qozonishgandi. O'yinda "Bunyodkor" hisobni ochgani, oxirgi daqiqalarda penalti qo'yilgani, ammo Jasur Hakimov gol ura olmagani - hamon ko'pchilikning yodida. Bir so'z bilan aytganda, qiziq derbi bo'lgandi.

Bugun ham jamoalardan shiddatli to'qnashuv kutib qolamiz. O'tgan yil "Paxtakor" stadionida kechgan bahs ancha bahs-munozaralarga boy bo'lgandi. Taloto'p ichida urilgan gol, hisob olib-olinmagani, xullas rosa tortishuv bo'lgandi. Bugun qanday o'yin bo'lishini esa uchrashuv davomida ko'ramiz.

Statistikaga etibor beradigan bo'lsak, "Paxtakor" oxirgi to'rtta o'yindan ikkitasini durang, yana ikkitasini g'alaba bilan yakunladi. Umuman olganda, "Paxtakor" 6-turdan beri mag'lub bo'lgani yo'q. Jamoa so'nggi bor Buxoroda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Bilasizmi? "Paxtakor" o'z maydonida o'tkazilgan 6ta bellashuvdan beshtasida zafar quchgan va bir marta durang o'ynagan. To'plar nisbati 11-3.

Fakt: "Paxtakor" bu yilgi chempionatda o'z maydonida hali yutqazmagan uch jamoadan biri. Yana ikkitasi: "Navbahor" va "Lokomotiv".

"Bunyodkor" haqida to'xtaladigan bo'lsak, bu jamoa mavsumni juda yaxshi boshladi. Avvaliga o'z maydonida AGMK bilan durang o'ynagan "qaldirg'ochlar" shundan so'ng qatorasiga beshta o'yinda g'alabaga erishishdi. Ammo orada uchta mag'lubiyat yuz berdi. Keyin esa "Bunyodkor" yana qatorasiga uchta bellashuvda zafar quchdi.

Bilasizmi? "Bunyodkor" safar o'yinlarida eng ko'p ochko yiqqan jamoa bo'lib turibdi - 12ta.

Fakt: "Bunyodkor" bu yil safarda to'rt bor zafar quchib, ikki marta mag'lub bo'ldi va hali durang o'ynamadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика