So’nggi yangiliklar

21:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  0 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  2 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  0 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  2 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  12 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  12 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  3 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  6 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  13

Bugun futbol. "Neftchi" - "Obod" Yangiliklar

Bugun futbol. "Neftchi" - "Obod"

Teglar :  NeftchiObod
Bugun oliy liganing 10-turidan o'rin olgan beshta uchrashuv bo'lib o'tadi. Farg'onada "Neftchi" Toshkentning "Obod" klubiga qarshi bahs olib boradi. O'yin 17:30da boshlanadi.


Oliy liga. 10-tur. 12 may
Neftchi (Farg'ona) – Obod (Toshkent)
Hakamlar:
B. Namozov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), SH. Nasibullaev (Namangan)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
O'zPFL vakili: V. Letkin.

O'yindan nima kutyapmiz? Bir so'z bilan aytganda, turnir jadvalida oxirgi o'rinda borayotgan jamoalarning o'zaro bahsi. Ikkala jamoa ham 6 ochkodan to'plagan holda 14-15 o'rinlarni bo'lishib turishibdi. Qizig'i shundaki, "Neftchi" ham, "Obod" ham 9tadan o'yin o'tkazib, bir bor g'alaba qozongan. Ikkala jamoa hisobida uchtadan durang va beshtadan mag'lubiyat mavjud. "Neftchi" faqat to'plar nisbatiga ko'ragina yuqori o'rinda turibdi.

Fakt: "Neftchi" joriy mavsum oliy ligadagi yagona g'alabasini safarda qo'lga kiritgan. Jamoa o'z maydonida to'rtta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita durang va ikki mag'lubiyat qayd etgan. Farg'onaliklar o'z uylarida hali g'alaba qozongani yo'q. "Neftchi" "Paxtakor" va "Olmaliq" bilan durang o'ynab, "Qo'qon-1912" hamda "Bunyodkor"ga mag'lub bo'lgan.

Fakt: "Obod" ham xuddi "Neftchi" singari o'zining bitta-yu bitta g'alabasini safarda qo'lga kiritgan. Bu jamoa 3-turda "Buxoro"ni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytgan. Bugun toshkentliklar safarda oltinchi o'yinda maydonga tushishadi. Avvalgi o'yinlardagi natijalar: bir g'alaba, to'rt mag'lubiyat. "Neftchi" o'z maydonida uchta, "Obod" safarda ikkita to'p kiritgan.



Bilasizmi? "Obod" safar uchrashuvlarida "So'g'diyona" bilan birgalikda eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa bo'lib turibdi. Ikkala jamoa ham bir xil 11tadan gol o'tkazgan. Bundan tashqari, "Obod"ning ketma-ket o'yinlardagi g'alabasiz seriyasi oltitaga etdi.

Bilasizmi? "Neftchi" mavsumni qatorasiga oltita g'alabasiz o'yin bilan boshlab, nihoyat 7-turga kelib ilk g'alabasini "So'g'diyona" ustidan qo'lga kiritdi. SHundan keyin jamoa yana oxirgi ikki o'yinni yuta olmadi. O'tgan yil Farg'onada kechgan bahsda "Neftchi" 1:0 hisobida "Obod"ni mag'lub etgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика