So’nggi yangiliklar

01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  3 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  3 23:43"Реал Овьедо" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  47 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  3 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  4 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  13 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2

Bugun futbol. "Neftchi" - "Dinamo" Yangiliklar

Bugun futbol. "Neftchi" - "Dinamo"

Teglar :  NeftchiDinamo
Bugun oliy liganing 13-tur bahslariga start beriladi. Farg'onada "Neftchi" Samarqandning "Dinamo" klubini qabul qiladi.

18:00 - Neftchi (Farg'ona) – Dinamo (Samarqand)
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Kalinin (Qarshi), D. Muxtorov (Toshkent).
Nazoratchi: A. Hotamov (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.

Turnir jadvalidagi o'rni: "Neftchi" 10 ochko bilan 15-o'rinni egallab turibdi. "Dinamo" esa 15 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda.

O'yindan nima kutyapmiz? O'z maydonida to'p tepadigan "Neftchi" bugungi yangi bosh murabbiy - Vadim Abramov qo'l ostida o'zining ilk uchrashuvini o'tkazadi. Abramov o'z debyutini bugun g'alaba bilan boshlashga urinib ko'radi. Imkoniyatlar borasida "Neftchi" ustun, ammo "Dinamo" ham qarab turmasa kerak. CHunki bu jamoaga ham g'alaba juda zarur.

Fakt: Bu o'yin "Neftchi" uchun uydagi oltinchi bellashuv bo'ladi. Jamoa avvalgi beshta bahsning faqat bittasida g'olib chiqqan. "Neftchi" o'z maydonida "Obod"dan ustun kelgan.

Bilasizmi? "Neftchi" shu paytgacha faqat ikki marta g'alabaga erishgan. Farg'onaliklar uyda "Obod", safarda "So'g'diyona"ni mag'lub etishgan. Qizig'i shundaki, "Neftchi"ning har ikkala g'alabali o'yinida 1:0 hisobi qayd etilgan.

Bilasizmi? "Neftchi" oxirgi ikki o'yinni safarda o'tkazib, bir durang va bir mag'lubiyat qayd etdi.

Fakt: Hozirgacha safarda oltita o'yinda maydonga tushgan "Dinamo" shundan ikkitasida olti ochko bilan qaytgan. Samarqandliklar safarda "Metallurg" va "Paxtakor"dan ustun kelishgan. "Dinamo" safarda 7 ochkoni qo'lga kiritgan va bu borada ular "Nasaf", "Paxtakor" va "Bunyodkor"dan yaxshi ko'rsatkichga ega.

Bilasizmi? "Dinamo" oxirgi oltita o'yinda g'alaba qozona olmadi: uch durang, uch mag'lubiyat.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика