So’nggi yangiliklar

14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  3 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  3 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  3

Bugun futbol. "Navbahor" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Bugun futbol. "Navbahor" - "So'g'diyona"

Bugun Superliganing 7-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

"Navbahor" o'z maydonida Jizzaxning "So'g'diyona" klubini qabul qiladi. Turnir jadvalida "Navbahor" 8 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi. "So'g'diyona" esa 6 ochko to'plagan hamda 11-o'rinda bormoqda. Jamoalarni atigi ikki ochko ajratib turibdi. 

Mavsumni durang bilan boshlagan "Navbahor" oxirgi uchta turni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi. "Lochinlar" ikki bor g'alabaga erishib, bir marta durang qayd etishdi. "Navbahor"ning ikkita g'alabasi safarda "Nasaf" va o'z maydonida "Surxon" bilan kechgan o'yinlarda qo'lga kiritildi. Qizig'i, mana shu ikki o'yinda jamoa gol o'tkazmadi. 

O'tgan turda Andrey Kanchelskis shogirdlari safarda "Dinamo" bilan 2:2 hisobini qayd etishdi. Aytish mumkinki, bu bahs hozircha Superliganing eng chiroyli o'yinlaridan biri bo'ldi. Bu o'yinda mezbonlar ham, mehmonlar ham yutib ketishi mumkin edi. 

"So'g'diyona"ga kelsak, bu jamoa chempionatni g'alaba bilan boshladi, biroq shundan so'ng qatorasiga uchta bellashuvda mag'lub bo'ldi. Bu esa avalgi murabbiy Sergey Lushanning istefosi bilan yakun topdi. Keyingi turdan boshlab natijalarga Ulug'bek Baqoev javob bera boshladi. Baqoev qo'l ostida jamoa ilk uchrashuvini g'alaba bilan yakunladi: "So'g'diyona" Jizzaxda "Metallurg"dan ustun keldi. 

Ammo o'tgan turda "So'g'diyona"ning omadi chopmadi va "Paxtakor" bilan kechgan bahsda 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. 

Jamoalarning o'zaro oxirgi beshta o'yini: 

2018 yil. "Navbahor" - "So'g'diyona" 2:0 

2017 yil. "Navbahor" - "So'g'diyona" 4:1 

2016 yil. "Navbahor" - "So'g'diyona"0:0 

2015 yil. "Navbahor" - "So'g'diyona" 1:0 

2014 yil. "Navbahor" - "So'g'diyona" 4:2 

Namanganda kechgan oxirgi beshta o'yinning to'rttasida maydon egalari g'olib chiqqan. Faqat bir marta, 2016 yil durang qayd etilgan. 2014 yilgi bahs gollarga bo'y bo'lgan va bunda "Navbahor" 4:2 hisobida g'alaba qozongan. Oxirgi beshta uchrashuvdagi to'plar nisbati ham namanganliklar foydasiga 11-3. 

Bilasizmi? "So'g'diyona" shu paytgacha hali Namanganda g'alaba qozonmagan. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика