So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  1 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Bugun futbol. "Nasaf" - "Qizilqum" Yangiliklar

Bugun futbol. "Nasaf" - "Qizilqum"

Bugun oliy liganing 23-turidan o'rin olgan oltita bahs bo'lib o'tadi.

Qarshida "Nasaf" Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qiladi. Turnir jadvalida "Nasaf" 41 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda, "Qizilqum" esa 27 ochko jamg'argan holda 11-o'rinni egallab turibdi. 

Fakt: "Nasaf" uy uchrashuvlarida shu paytgacha 9 marta g'alaba qozonib, faqat bitta bellashuvda mag'lub bo'lgan. Qarshiliklar o'z maydonlarida "Bunyodkor"ga yutqazib qo'yishgan. Bundan tashqari, "Nasaf" uydagi o'yinlarda faqat ikkita gol o'tkazib yuborgan. 

Bilasizmi? "Nasaf" ikkinchi davraning oxirgi to'rtta bahsini ketma-ket to'rt g'alaba bilan yakunladi. SHu g'alabalarning ikkitasi uyda, yana ikkitasi safardagi bahslarda qo'lga kiritildi. 

Esingizda bo'lsa, Navoiyda kechgan birinchi davra uchrashuvida tomonlar 1:1 hisobida durangga imzo chekishgandi. Bugungi o'yin qanday yakun topishini esa bahs nihoyasida bilib olamiz. 

Fakt: "Qizilqum" safarda shu paytgacha 9 ochkoli bo'lgan. Jamoa ikkita o'yinda g'alabaga erishgan. Ikkala g'alaba ham birinchi davrada qo'lga kiritilgan. Toshkentda "Bunyodkor" hamda Samarqandda "Dinamo" klublari bir xil 1:0 hisobida mag'lub etilgan. 

Bilasizmi? Ikkinchi davrada "Qizilqum" faqat bitta bellashuvda g'alaba qozondi. Jamoa o'z maydonida "Qo'qon-1912"dan ustun keldi. Oxirgi uch o'yin esa ketma-ket durang bilan yakun topdi. "Qizilqum" safardagi oxirgi o'yinida "So'g'diyona" bilan 1:1 o'ynadi. 


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика