So’nggi yangiliklar

14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  3

Bugun futbol. "Buxoro" - "Nasaf" Yangiliklar

Bugun futbol. "Buxoro" - "Nasaf"

Bugun Superliganing 7-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

"Buxoro" o'z maydonida "Nasaf" bilan kuch sinashadi. Musobaqa jadvalida jamoalar yonma-yon o'rinlarda borishmoqda. "Nasaf" 7 ochko bilan 8-o'rinni egallab turgan bo'lsa, "Buxoro" 6 ochko to'plagan holda 9-o'rinda boryapti. 

"Buxoro" shu paytgacha faqat bitta o'yinda g'alaba qozondi. Jamoa safarda "Qo'qon-1912"ni 3:1 hisobida etib mag'lub etib qaytgan. Boshqa o'yinlarda jamoa uch marta durang o'ynab, ikki bor mag'lub bo'ldi. 

"Buxoro" bugun ketma-ket uchinchi marta o'z maydonida o'ynaydi. Avvalgi ikkita bellashuvni "Lokomotiv" va "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazib dastlab mag'lub bo'ldi va keyin durang qayd etdi. Endi bo'lsa Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari yana bir kuchli jamoa "Nasaf" bilan bellashadilar. 

"Nasaf" hozircha bir tekis o'yin ko'rsata olgani yo'q. Jamoa bir qarasang yaxshi harakat qiladi,bir qarasang o'ziga o'xshamaydi. Ehtimol bu "Nasaf" futbolchilarining birmuncha yosh ekanliklari bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Hozircha ikkita g'alabaga erishgan "Nasaf" ikkalasini ham uydagi o'yinda qo'lga kiritdi. 

Bilasizmi? "Nasaf" safarda qatorasiga ikkita uchrashuvdan beri yuta olmayapti. Jamoa dastlab "Paxtakor"ga, undan keyin "Andijon"ga imkoniyatni boy berdi. Lekin o'tgan tur qarshiliklar AGMKni 4:0 hisobida mag'lub etib, yana o'zlarini eslatib qo'yishdi. Bundan ko'rinib turibdiki, "Nasaf"dan har narsa kutsa bo'ladi. 

2018 yil. "Buxoro" - "Nasaf" 1:0 

2017 yil. "Buxoro" - "Nasaf" 1:0

2016 yil. "Buxoro" - "Nasaf" 0:2 

2015 yil. "Buxoro" - "Nasaf" 0:2 

2014 yil. "Buxoro" - "Nasaf" 0:2 

Oxirgi beshta o'yinda qiziq voqealar yuz bergan. Avvaliga "Nasaf" ketma-ket uch mavsum Buxoroda 2:0 hisobida zafar quchgan. Lekin oxirgi ikki yildan beri "Buxoro" o'z uyida 1:0 hisobida yutib kelyapti. Hali durang qayd etilmagan. To'plar nisbati 2-6, "Nasaf" foydasiga. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика